So’nggi yangiliklar

13:13"Бунёдкор" майдонига нима бўлди? Стадион директори батафсил маълумот берди  3 12:51Маурисио Почеттинонинг кейинги манзили маълум  1 12:26Расман: "Брайтон" Браян Груда трансферини эълон қилди  1 11:56Расмий хабар: Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон учрашуви қайси шаҳарда бўлиши маълум  14 11:50"Жиннихона" — Фердинанд "Челси" ҳақида  4 11:42"Бунёдкор" қоида бузилиш билан гол урди, "Қизилқум"нинг голини хато билан бекор қилишди. Суперлига 15-тур ҳакамлик таҳлили  3 10:50Камавинганинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қачон сафга қайтиши маълум  3 10:23Килиан Мбаппе "Реал Мадрид"даги дебютдан сўнг фикр билдирди  10 09:55Суперлига. Бугун 16-турга старт берилади  3 09:28Ламин Ямальнинг отасини пичоқлаб кетишди  6 09:171:6 учун реванш олинадими? Ўзбекистон терма жамоаси бугун Анголага қарши иккинчи ўртоқлик учрашувини ўтказади  1 09:00Про лига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  1 08:32Кечаги Суперкубокнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  2 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги ярим финалчи аниқланади  3 02:40УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" - "Аталанта" 2:0, Беллингемдан заргарона ассист Мбаппедан гол  1

Dramatik kechgan bahsda "Yuventus" g'alaba qozondi Yangiliklar

Dramatik kechgan bahsda "Yuventus" g'alaba qozondi

Italiya chempionatining 6-turidan o'rin olgan markaziy o'yin "Yuventus" - "Roma" uchrashuvi tafsilotlari bilan ushbu sahifa orqali tanishib borasiz.

Italiya chempionati, 6-tur.

"Yuventus" - "Roma" 3:2

"Yuventus stedium".

Bosh hakam: Janluka Rokki.

Gollar: Teves (28-penaltidan, 45-penaltidan), Totti (32-penaltidan), Iturbe (44), Bonuchchi (86).

"Yuventus": Buffon, Lixshtayner, Bonuchchi, Kellini, Kaseres (Ogbonna, 46), Asamoa, Pogba, Pirlo (Vidal, 79), Markizio, Teves, Lorente (Morata, 59).

"Roma": Skorupski, Maykon, Manolas, Mapu, Xolevas, Pyanich, Keyta, Naingolan, Iturbe (Florenci, 66), Totti (Destro, 75), Jervino.

Ogohlantirishlar: Maykon (26), Kellini (30), Lixshtayner (31), Bonuchchi (32), Totti (32), Jervino (40).

CHetlatishlar: Morata (89), Manolas (89).



                                    MATNLI TRANSLYACIYA

                                                 YANGILASH


- Uchrashuv yakunlandi! "Yuventus" navbatdagi g'alabani qo'lga kiritdi!


90` Uchrashuvga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.


90` Manolas va Morataga qizil kartochka ko'rsatildi!


89` Nimalar bo'lyapti?? Qizil kartochkalar!!!!


86` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! LEONARDO BONUCHCHI! 3:2!


81` Alvaro Morata! "Yuventus" uchrashuvdagi o'zining uchinchi golini kiritishi mumkin edi...



79` "Yuventus" tarkibida so'nggi o'zgarish. Pirlo o'rniga Vidal tushirildi.


75` "Roma" tarkibida o'zgarish. Franchesko Totti o'z o'rnini Destroga bo'shatib bermoqda.


70` Skorupski rimlik muxlislarni biroz qo'rqitdi. "Roma" darvozaboni to'pni bir urinishda egallab olishda xatolikka yo'l qo'ygandi.


66` "Roma" safida o'zgarish. Iturbe o'rniga Florenci tushdi.


65` Jervino bugun ancha faol. Hozir ivuarlik futbolchi juda yaxshi harakat qildi va Tottini qulay vaziyatga chiqardi. Tottining zarbasi o'xshamadi. Jervinoning harakatlari esa maqtovga loyiq.


64` "Yuventus" burchak to'pi tepdi. Jarima maydonchasi ichida esa Kellini Pyanichga tirsagi bilan zarba berdi.


59` "Yuventus" tarkibida o'zgarish. Fernando Lorente o'rniga Alvaro Morata tushdi.


56` Pol Pogba! Jarima maydonchasi oldida qulay vaziyatga ega bo'lgandi. Ammo uning yo'llagan zarbasi darvozaga aniq bormadi.


54` O'yin biroz sekinlashdi.


50` Yarim stadion "Yuventus"ni qo'llab-quvvatlayotgan bo'lsa, qolgan qismi "pe-nal-ti", deb hakamni "olqishlashmoqda"!


48` Pol Pogbaning zarbasini Skorupski bartaraf etishga erishdi.


46` "Yuventus" safida o'zgarish. Martin Kaseres o'rniga Ogbonna tushirildi.


46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!


- FANTASTIK UCHRASHUV! Birinchi bo'limda hakam olti nafar futbolchiga ogohlantirish ko'rsatdi. Uch marotaba penalti va to'rtta gol! Ikkinchi bo'limda yana gol ko'rishimizga shubha yo'q! Dahshat!


- Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha 2:2! TANAFFUS!


45` SUPER BAHS! Haqiqiy etakchilar o'yini! Markaziy o'yin!


45` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 2:2! KARLOS TEVES!


45` PENALTI!


45` Jervino jamoasini tanaffusga 3:1 hisobida olib chiqib ketishi mumkin edi...


44` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Iturbe! 1:2! Jervinoning pasidan so'ng Iturbe hisobni jamoasi foydasiga oshirmoqda! "Roma" o'z imkoniyatlaridan samarali tarzda foydalanmoqda.


38` "Yuventus" katta kuch bilan oldinga qarab bormoqda. "Roma" himoyalanish bilan band.


35` To'rt daqiqada ikkita penalti va ikkita gol. Hisob 1:1. Dramatik o'yin davom etadi.


32` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:1! FRANCHESKO TOTTI! Totti ham penlatini qanday bajarilishi kerakligini yaxshi bilishini yana bir bor isbotladi, 1:1!


31` Penalti! Endi "Yuventus" darvozasi tomon!


28` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! KARLOS TEVES! Karlos Teves mo'ljalda adashmadi, 1:0!


27` Penalti! Pirlo tepgan to'p Maykonning qo'liga tegdi va Rokki 11-metrlik jarima to'pi nuqtasini ko'rsatdi!


27` Bugungi o'yinni tomosha qilish uchun stadionga "Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tashrif buyurgan. Buning sababi malum. Yaqinda "Roma" jamoasi Myunxenning "Bavariya" klubi bilan chempionlar ligasida uchrashadi.


25` Kellini Tottini birga-bir vaziyatga chiqib borishiga qarshilik qilishga erishdi.


24` "Roma" himoyachilari hozircha ancha ishonchli harakat qilishmoqda.


22` Takroriy lavhada "Roma" himoyachilari Lorentega nisbatan qo'pollik ishlatishgani ko'rinib qoldi. Lekin uchrashuv bosh hakami Janluka Rokki o'yinning 10-daqiqasida yuzaga kelgan bahsli holatda xato qaror qabul qilgani malum bo'lmoqda.


19` "Roma" bugun o'zining ananaviy 4-3-3 uslubida harakat qilayotgan bo'lsa, maydon egalari 3-5-2 tizimi ostida o'ynashmoqda. Maydon markazida esa turinliklar "egalik" qilishmoqda. Pirlo, Pogba va Markizioning faolligi asosan "Yuventus" hujumlarini tashkil etilishida bosh omil bo'lmoqda.


17` Tashabbus Massimiliano Allegri jamoasi tomonida.


15` Markizio, Teves va Pogba "Roma" darvozasi tomon oshiqishdi. Lekin ularning zarbalari hozircha o'yindagi hisobni ochilishiga sabab bo'la olmadi.


10` SHuni takidlab o'tish joizki, "Roma" tarkibida bir qator yo'qotishlar mavjud. De Rossi, Strotman, De Sanktis, Astori, Kastan, Balcarettilar jarohatlari tufayli rimliklarga yordam bera olishmayapti. "Yuventus"da esa Romulo, Bardzali, va Pirlo jarohatlangan edi. Lekin Andrea Pirlo bugun asosiy tarkibda o'yinni boshladi.


8` "Yuventus" hujumlari orqali boshlangan bellashuv hozircha o'rtacha "temp"da o'tmoqda. "Roma" burchak to'pi tepishga erishdi. Lekin Tottining burchakdan uzatib bergan to'pina darvozaga aniq yo'llay oladigan futbolchi topilmadi.


6` Keyta Buffon qo'riqlayotgan darvozani nishonga olmoqchi bo'ldi. Ammo zarbaga aniqlik etishmadi.


4` Pol Pogba yaxshi o'ynadi va to'pni raqibidan olib qo'ydi. Franciyalik futbolchi tovoni bilan to'pni Teves tomonga uzatdi. Lekin Karlos Tevesning qanotdan jarima maydonchasi tomon etkazib bermoqchi bo'lgan to'pi samarasiz chiqdi.


"Yuventus" stadionida ajoyib muhit hukm surmoqda


1` UCHRASHUV BOSHLANDI!


- "Roma" so'nggi bor Turindan 2010 yilning 23 yanvar kuni g'alaba bilan qaytishga muvaffaq bo'lgan. O'shanda mehmonlar (2:1) hisobida g'alaba qozonishgan.


- "Yuventus" o'z maydonida  "Roma" bilan bo'lgan 52 o'yinda g'alaba qozongan va 8 bor mag'lubiyatga uchragan. Qolgan 21 uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmay qolgan.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Italiya chempionatining 6-tur markaziy bellashuvi "Yuventus" - "Roma" bahsidan saytimiz orqali reportaj uyushtiramiz.


- Uchrashuv soat 21:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика