Draksler Polsha bilan o'yinga tayyor
10 okt 2014 23:05
Yangiliklar


Draksler Polsha bilan o'yinga tayyor
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Draksler Polsha bilan o'yinda maydonga tushishi mumkinligini aytib o'tdi.
"Terma jamoa ko'rigida bo'lib turgan barcha futbolchilar Polsha bilan o'yinda maydonga tushishlari mumkin. SHyurrle va Draksler ham uchrashuvga tayyorlar. Men bu o'yinda Podolskini o'ynatishni rejalashtirmoqdaman. Lukash bahsni asosiy tarkibda boshlashi mumkin. Germaniya jahon chempioni ekanligi bu har qanday o'yinda bizga oson bo'lishini anglatmaydi. Polsha guruh g'olibligiga asosiy davogar jamoa hisoblanadi. Ha, bizni ko'plab tajribali futbolchilarimiz tark etishdi. Lekin ularning o'rniga ishonsa bo'ladigan yosh, istedodli avlod kelmoqda", - deydi Yoaxim Lyov.

Fikrlar