Dragan Skochich: "Nasaf" oddiy xatolar tufayli "Al Vahda"ga yutqazdi. Ertaga barcha narsaga tayyor turishimiz zarur"
23 noy 18:55
Yangiliklar
Dragan Skochich: "Nasaf" oddiy xatolar tufayli "Al Vahda"ga yutqazdi. Ertaga barcha narsaga tayyor turishimiz zarur"
Bu haqida "Traktor" klubi rasmiy mediasi xabar berdi.
"Raqib haqida aniq malumotga egamiz. Jamoa kutilgan natijaga erishmagan bo'lsa-da, bu ularga bo'lgan hurmatimizni aslo kamaytirmaydi. Oldinda qiyin o'yin kutmoqda va biz unga tayyormiz".
"Xorvatiyalik legionerimiz Igor Postoniyskiga umid bog'lay olmaymiz, ammo qolgan futbolchilar safda. Yaxshi o'yin ko'rsatib, munosib natijaga erishishga umid qilamiz. "Nasaf" bilan uchrashuv juda muhim. Jamoadan umidlarim katta va raqibga to'liq hurmat bilan o'yinga kiramiz".
"Nasaf" so'nggi haftalarda yaxshi natija ko'rsata olmayotgani va ertangi o'yin jamoaning oxirgi imkoniyatlaridan biri ekani haqidagi savolga Skochich shunday dedi:
"Aytganimdek, ularning natijalari muvaffaqiyatsiz bo'ldi, ammo biz faqat natijaga etibor bermaymiz. Bu vaziyatda ularning o'yin uslubi muhimroq. "Nasaf" oddiy xatolar tufayli "Al Vahda"ga yutqazdi. Ertangi o'yinning turli sharoitlariga moslashishimiz kerak. Bu jamoa uzun paslar, tez-tez to'p oshirishlar, himoya chizig'i ortidagi bo'shliqdan foydalanish va xilma-xil taktikadan foydalanib harakat qila oladi. Biz ularning kuchli tomonlariga tayyor bo'lishimiz lozim. Bilamizki, bu to'g'ri tashkil etilgan yaxshi jamoa, dastlabki o'yinlarda shunchaki biroz omad ulardan yuz o'girdi".
"Nasaf"ning qaysi kuchli tomonlari va unda iliq taassurot qoldirgan futbolchi bor-yo'qligi haqidagi savolga Skochich shunday javob qaytardi:
"Yaxshi jamoaga qarshi o'ynayapmiz, ammo o'yingacha raqibga individual tavsif bermayman. Ularda yorqin va istedodli o'yinchilar ko'p, lekin tafsilotlarga to'xtalib o'tirmayman.
Fursatdan foydalanib, do'stim, O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Serchko Katanecga sog'lik tilashni istayman".


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига-2025. "Нефтчи" — Ўзбекистоннинг олти карра чемпиони!
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar