Dragan CHeran: "Yomg'irli havoga qaramay, stadionga kelgan muxlislarga alohida rahmat"
10 fev 2020 20:53
Yangiliklar


Dragan CHeran: "Yomg'irli havoga qaramay, stadionga kelgan muxlislarga alohida rahmat"
Avval, Jaloliddin Masharipov raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, ikkinchi bo'lim o'rtalarida Pedro Konde muvozanatni tikladi. Uchrashuvdagi g'alaba to'pini esa Dragan CHeran kiritishga muvaffaq bo'ldi. Biz esa odatdagidek o'yindan so'ng CHeranning fikrlariga quloq tutdik.
"Yaxshi o'yin bo'ldi. Og'ir maydon, noqulay havo. Men stadionga kelgan ishqibozlarga alohida minnatdorchilik bildirgan bo'lardim. Dastlabki daqiqalardan tortib, so'nggi soniyagacha tinmay qo'llab-quvvatlashdi. Keyingi turda havo yaxshi bo'lib tursa, muxlislar yana ham ko'proq tashrif buyurishadi deb o'ylayman. Ularni yana bir bor xursand qilishga harakat qilamiz. Ikkinchi bo'limda maydonga odatdagidek reja asosida tushdik. Maqsadimiz ko'proq gol urish, oldinga intilish edi. Biz buni uddaladik", - dedi mahoratli futbolchi.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar