Dragan CHeran: "Bu bizning o'yin bo'ldi"
21 sen 2020 12:48
Yangiliklar
Dragan CHeran: "Bu bizning o'yin bo'ldi"
"Paxtakor" jamoasi OCHL 5-turi doirasida "SHabab Al Ahli" bilan durang (0:0) o'ynaganidan xabaringiz bor. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida SHota Arveladze aytib o'tgan fikrlarni oldinroq keltirib o'tgandik.
SHota Arveladze: "G'alaba qozonishni xohlasangiz, raqibdan ko'proq gol urishingiz kerak"
Unda bosh murabbiyga kechagi bahsning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan Dragan CHeran hamrohlik qildi. Quyida serbiyalik futbolchining fikrlarini etiboringizga havola etamiz.
D.CHeran: "Biz o'yinni to'liq nazorat qildik. Bugun faqat biz o'ynadik, bu bizning o'yin bo'ldi. Juda ko'plab imkoniyatlarni yuzaga keltirdik, ammo ulardan foydalanishda xatolarga yo'l qo'ydik. Bugun biz ikki ochkoni boy berdik deb o'ylayman".

- Biz raqibni o'rganganimiz singari ular ham bizni o'rganishadi. Kuchli taraflarimizni yopishga urinishadi. Ular qanotdan o'tishimizni yopmoqchi bo'lishdi, biz markazdan ham hujumlar uyushtirdik. Vaziyatlardan foydalanmadik va raqib ham himoyada yaxshi o'ynashga urindi. Bu gol ura olmaganimiz sababi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar