So’nggi yangiliklar

14:05Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди  0 13:47Арихиро Сентоку: "ОКМК билан мавсум якунида тарих яратамиз"   0 13:20ОКМК Тошкентда "Пахтакор"ни мағлуб этган учрашувдан галерея  1 13:03"Навбаҳор" футболчиси учун мавсум тугади   2 12:45ЎзФҲМ нимани яширмоқда? Асимов, Норсафаров ва бошқа ҳакамлар қаерда?  3 12:08"Милан" Меньян ва Эрнандес билан шартномаларни узайтириш устида ишламоқда  0 11:40FIFA.COM: "Аббос Файзуллаев кичик бўйли эканига қарамай, ажойиб техник хусусиятларга эга"  13 11:28"Реал" Дэвис трансферига шубҳа қилмаяпти  1 10:42Гвардиола нима учун «Манчестер Сити»да қолишга қарор қилганини тушунтириб берди  9 10:06Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум  2 09:30Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда  13 08:53«Арсенал» январда учта футболчисини сотиб юбормоқчи  1 08:21Про лига. Бугун Бухорога катта футбол қайтади  7 07:45Суперлига. Чемпионлар Фарғонага сафар қилади. «Қизилқум» эса яна бир водий жамоасини меҳмон қилади  2 01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  8

Dostonbek Tursunov: "Pusan"dagi o'yinlarim orqali terma jamoaga qaytishni istayman" Yangiliklar

Dostonbek Tursunov: "Pusan"dagi o'yinlarim orqali terma jamoaga qaytishni istayman"

O'tgan yil Yaponiyaning "Renofa Yamaguchi" klubida to'p tepgan o'zbekistonlik himoyachi Dostonbek Tursunov 2020 yilni Janubiy Koreya oliy ligasida boshlaydi.

O'zbekiston terma jamoasiga nomzod himoyachi Koreyaning "Pusan IPark" klubi bilan shartnoma tuzdi. Biz yangi mavsumdan oldin Tursunov bilan bir qator mavzularda suhbatlashdik.

"PUSAN I'PARK" KLUBIGA O'TISH
Janubiy Koreyaning "Pusan" klubidagilar mening o'yinlarimni oldindan kuzatib yurishgan ekan. Agentim orqali "Renofa Yamaguchi" klubiga rasmiy taklif bilan chiqishdi. Yaponiya klubi bilan yana bir yillik shartnomam borligi uchun "Pusan" mening transferim uchun malum miqdorda pul to'ladi va sotib oldi. "Renofa" menining transferim uchun aynan qancha miqdorda pul olganini to'g'risi bilmayman.

Bir yil oldin Yaponiya klubiga ko'chib o'tishdan oldin Fozil aka Musaevdan maslahat olgandim. Bu safar ham Fozil aka bilan gaplashdim. Bundan tashqari Koreyada o'ynayotgan Rustam Ashurmatov va Ikrom Aliboev bilan ham maslahatlashdim. Do'stlarim Odil Hamrobekov, Javohir Sidiqov hamda Aziz G'aniev bilan suhbatlashib yakuniy qarorga keldim.

Klub tarixini o'rganib chiqdim. "Pusan" K-ligada to'rt marta chempion bo'lgan ekan. So'nggi bor 1997 yilda bu holat kuzatilgan. 2005 yilda jamoa Osiyo chempionlar ligasining yarim finaliga qadar etib borgan. Aynan 2005 yildan keyin jamoa natijalarida pasayish bo'lgan ekan. Natijada 2015 yilda "Pusan" quyi divizionga tushib ketgan. K2 ligada 4 mavsum o'tkazgan jamoa yana elitaga qaytdi. 2020 yilgi mavsumda klub imkon qadar yaxshi o'rinlardan birini egallashga harakat qiladi. "Pusan"da 5-raqam bo'sh ekan, men aynan shu raqamni tanladim.

Klub menga barcha sharoitlarni yaratib berdi. Alohida uy va mashina berildi.



"RENOFA YAMAGUCHI" HAQIDA
"Renofa Yamaguchi"da katta tajriba orttirdim. Legioner sifatida ilk bor aynan shu jamoada o'ynadim. Klub muxlislari har bir o'yinda bizni qo'llab-quvvatlab turishdi. Klub infratuzilmasi ham ajoyib edi. "Renofa" safida 17ta o'yinda maydonga tushdim. Orada bir necha bor terma jamoaga chaqiruv oldim hamda vatanimiz jamoasi safida to'p tepdim. 2019 yildagi faoliyatimdan mamnunman, 2020 yil undan ham yaxshi bo'lishiga umid qilaman. Qisqa qilib aytganda "Renofa Yamaguchi"ni faqat yaxshi xotiralar bilan eslayman. Yaponiya chempionati juda ham kuchli ekan. Birinchi ligasi bo'lsa ham qiziqarli o'yinlar ko'p bo'ldi. Qaysidir jamoa birinchi taymda 0:3 hisobida yutqazib turib ikkinchi taymda 4:3 hisobida g'alaba qozonib ketishi hech gap emas.

YANGI MAVSUM OLDIDAN
Tailandda 15 kunlik yig'in o'tkazdik. U erda "Pusan" uchun ajoyib sharoitlar yaratilgan ekan. Mazkur yig'in doirasida Indoneziya terma jamoasi va Yaponiyaning "Sapporo" klubi bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazdik. Indoneziyani 5:1 hisobida mag'lub etdik, ushbu bahsda gol urishga erishdim. "Sapporo" bilan bahsda esa 4:5 hisobi qayd etildi.

K-ligada yangi mavsum 29 fevral kuni start oladi. Biz 1-tur o'yinini 1 mart kuni o'tkazamiz. "Poxang Stilers"ga qarshi safarda o'ynaymiz. Hozir mana shu o'yinga tayyorgarlik qizg'in ketmoqda.

"Pusan"da o'tgan mavsum o'ynagan uch nafar legioner Diego Maurisio (Braziliya), Aleksandr Susnyar (Avstraliya) va Soma Novotni (Vengriya) tark etdi. Faqat braziliyalik hujumkor yarim himoyachi Romulo klubda qoldi. Men bilan birga jamoaga yana bir braziliyalik hujumchi keldi - Gustavo Vintechinko. Balki mavsum boshlanguniga qadar yana bir legioner kelar, sababi bu erda limit 3+1 ko'rinshida.

Bosh murabbiy CHo Dek Je o'tgan mavsumda "Pusan"ni quyi ligadan K-ligaga olib chiqdi. SHuning o'zi ham uning qanday murabbiy ekanini ko'rsatib turibdi. Bosh murabbiy juda ham qattiqqo'l ekan. Bu esa professional futbolchi sifatida menga manzur bo'ldi.


K-LIGADAGI O'ZBEK DERBILARI HAQIDA

2020 yilda Janubiy Koreya K-ligasi o'zbek fubol muxlislari uchun ham qiziq bo'lishi turgan gap. Sababi mendan tashqari Ikrom Aliboev ("Seul"), Rustam Ashurmatov ("Gvangju") va Jamshid Iskanderov ("Seongnam") kabi o'zbekistonlik futbolchilar to'p tepishadi. Deyarli har turda o'zbek derbisi kuzatilishi mumkin. Taqvimga qaraydigan bo'lsak 2-turda Rustam Ashurmatov o'ynayotgan "Gvangju" klubi mehmonga keladi. 5-turda Jamshid Iskanderov va "Seongnam" bilan o'z maydonimizda o'ynaymiz. 8-turda esa Ikrom Aliboev faoliyat olib borayotgan "Seul" mehmoni bo'lamiz. Xullas barchamizni qiziqarli mavsum kutib turibdi.

MILLIY TERMA JAMOAGA QAYTISH
To'g'ri sentyabr oyidan buyon terma jamoaga chaqiruv olmay qo'ydim. Lekin xudo xohlasa milliy terma jamoaga albatta qaytaman. Sababi har bir futbolchi terma jamoada o'ynashni orzu qiladi, shu jumladan men ham. "Pusan"da yaxshi o'yinlarimni namoyish etsam murabbiylar menga ham etibor qilishadi deb o'ylayman. SHunday ekan mehnat qilishda davom etaman va keyingi yig'inlarga chaqiruv olish uchun astoydil harakat qilaman. Eng katta orzularimdan biri terma jamoa bilan birga Jahon chempionatiga chiqish.



Narzulla suhbatlashdi

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика