So’nggi yangiliklar

18:59Фарҳод Нишонов: "Ҳакам қарорини муҳокама қилишни истамайман, аммо..."  0 18:34Моуринью яна Роналду билан бирга ишлаши мумкин  0 18:10Суперлига. "Қизилқум" — "Навбаҳор" 0:0 (матнли трансляция)  2 18:08ПРО-Лига. Расман — "Шўртан" плей-оффнинг иккинчи иштирокчиси!   0 18:05Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлди  33 17:43Суперлига. "Қизилқум" - "Навбаҳор": Асосий таркиблар маълум  2 17:09ПРО-Лига. 5 та гол урилган ўйинда "Бухоро" "Арал"дан устун келди  2 16:49ПСЖ янги машғулот марказини очди  0 15:32Жорж Микаутадзе фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 15:01"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи  2 14:40Тимур Кападзе: "Ўйин томонлама "Насаф"ни эътироф этаман, мавсум ўртача ўтмоқда"  16 14:27ПРО-Лига. "Бухоро" - "Арал": Асосий таркиблар маълум!  0 14:15Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФАни тарк этди  14 14:05Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди  0 13:47Арихиро Сентоку: "ОКМК билан мавсум якунида тарих яратамиз"   4

Dostonbek Tursunov: "Janubiy Koreyaga ketishim mumkin edi" Yangiliklar

Dostonbek Tursunov: "Janubiy Koreyaga ketishim mumkin edi"

O'zbekiston U-23 terma jamoasi safida Osiyo chempioni bo'lgan Dostonbek Tursunov 2018 yilgi mavsumni Farg'onaning "Neftchi" klubi safida boshladi.

Superliganing dastlabki turida "Neftchi" "Nasaf" bilan o'z uyida durang o'ynadi - 0:0. Ikkinchi turni Jizzaxda "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazdi, bu o'yin ham xuddi shu hisobda tugadi. Biz mana shu o'yinlardan keyin Tursunov bilan suhbatlashdik.

- Superliga boshlanishiga oz qolganidagina "Neftchi"da paydo bo'ldingiz...

- Osiyo chempionatidan keyin menda xorij klublaridan taklif bo'lgandi. Aniqroq aytsam Janubiy Koreyadan qiziqish bor edi. Ammo agar ushbu klubga o'tsam olimpiya terma jamoasida o'ynay olmasligim aniq edi. Sababi bilasiz klublar faqat milliy terma jamoa o'yinchilarini qo'yib yuborishadi. Olimpiya terma jamoasiga esa qo'yib yubormaydi. SHu bois O'zbekistonda qolishga qaror qildim. Bu orada "Neftchi" rahbariyati menga yaxshi taklif bilan chiqdi. Bu taklifni qabul qildim va Farg'onaga qaytdim.

- Ikki o'yin, ikki durang. "Neftchi" uchun mavsum qanday boshlandi?

- Mavsum yaxshi boshlandi deya olaman. Dastlabki ikki turda ikki marta durang o'ynab 2 ochko oldik. Superligada faqat biz gol o'tkazmadik. Bu albatta quvonarli holat. Bunda faqat himoyachi yoki darvozabonning emas butun jamoaning xissasi bor. Sababi biz bir jamoamiz. G'alaba ham, mag'lubiyat ham jamoaniki.

- "Nasaf" bilan ilk uchrashuv nima bilan yodda qoldi?

- "Nasaf" bilan bahsga juda jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rgandik. Mavsumning ilk o'yini, ochilish bahsini o'z maydonimizda minglab muxlislar qarshisida harakat qildik. "Nasaf" jamoasi Osiyo chempionlar ligasida o'ynamoqda. Mana ko'rdingiz bizdan keyin Qarshida "Al Sadd"dek klubni mag'lub etdi. Biz "Nasaf" bilan durang o'ynaganimizdan xursandmiz.


- O'sha o'yinda terma jamoadagi do'stingiz Doniyor Narzullaev bilan to'qnashuv ham bo'lgandi...

- Bu futbol, unda hamma narsa bo'lishi mumkin. Doniyor Narzullaev bilan do'stmiz. O'sha vaziyatda Doniyorni ko'rmay qoldim. Faqat to'pga zarba berish haqida o'yladim. SHukurki barchasi ortda qoldi, unga qo'ng'iroq qildim. O'zini yaxshi his qilayotganini malum qildi, shifokorlar unga maydonga qaytishga ruxsat berishdi. Doniyordan va uning yaqinlaridan uzr so'rayman.

- Jizzaxda o'tgan ikkinchi tur haqida nima deya olasiz?

- "So'g'diyona" bilan o'yinga biz g'alaba uchun borgandik. Ular uchun ochilish o'yin edi. Jizzaxliklar ham bor kuchlari bilan o'ynashlarini bilardik. Vazifamiz gol o'tkazmaslik edi va qarshi hujumda gol urish edi. Bir ochko ham oltinga teng bo'ldi deb hisoblayman. Uchrashuv vaqtida kuchli shamol bo'ldi, bundan tashqari bir necha bor projektorlar o'chib qolishi noqulaylik tug'dirdi. Futbolchilar qisqa tanaffuslar tufayli "sovub" qolishadi.

- Sizningcha o'sha bahsda "Neftchi" bir ochko oldimi yoki ikki ochko yo'qotdimi?

- Biz ikki ochko yo'qotdi deb hisoblayman. Agar ob-havo yaxshi bo'lganida biz g'alaba qozonardik deb o'ylayman. Maydon holati yaxshi edi. Muxlislar ham ko'p kelishdi. Faqat shamol qiyinchilik tug'dirdi. Faoliyatim davomida bunchalik kuchli shamolda o'ynamagandim, ammo bu qorda o'ynagandan ko'ra yaxshiroq (kuladi).

- O'zbekiston terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi Timur Kapadze Senegal va Marokash bilan o'rtoqlik o'yinlari uchun kengaytirilgan ro'yxatga sizni ham kiritdi. Nima deb o'ylaysiz yakuniy ro'yxatda bo'lasizmi?  

- Avvalo kengaytirilgan ro'yxatdan o'rin olganimdan xursandman. Oldimizda ikkita terma jamoaning o'yini bor. Olimpiya terma jamoasi Andijonda va Farg'onada Keniya bilan o'ynaydi, milliy terma jamoa esa Afrikada Senegal va Marokash bilan kuch sinashadi. Qaysi terma jamoaga chaqirishsa ham men bor kuchim bilan o'ynayman. SHaxsan o'zim milliy terma jamoada kuchimni sinab ko'rmoqchiman. Lekin olimpiya terma jamoasiga chaqiruv olsam ham bunan ranjimayman.


- Superliganing 3-turida "Bunyodkor" bilan o'ynaysizlar. Mirjalol Qosimov jamoasining kayfiyati yaxshi. Ular o'tgan turda "Paxtakor"ni mag'lub etishdi.

- "Bunyodkor"ning "Paxtakor"ni mag'lub etganidan xabarimiz bor. Ushbu klub ham kuchli, ammo o'z maydonimizda g'alaba uchun o'ynaymiz. Dastlabki ikki turda gol ura olmadik va yuta olmadik. "Bunyodkor" bilan o'yinda nihoyat to'p kiritishimizga va g'alaba qozonishimizga umid qilaman.

- Ko'pchilikda ayni paytda bosh murabbiy kimligi qiziqtirmoqda.Bu borada turli nomlar aytilmoqda. Jamoada natija uchun kim javob beradi, kim ko'rsatma beradi?

- Abdumalik Hakimov. Bundan tashqari Bahrom Haydarov, Sergey Kovshov va Ilhom Qobilov kabi murabbiylar jamoani yaxshi natijalar sari boshlashmoqda.

- "Neftchi"dagi legionerlar haqida nima deya olasiz?

- Legionerlar yaxshi saviyada ekanligini ko'rinib turibdi. Darvozabon Vitaliy Mirniy Jizzaxda maydonga tushib o'zining nimalarga qodirligini ko'rsatdi. Bir necha bor jamoamizni goldan qutqardi. Vyacheslav Sushkin ham yaqin orada gollar urib muxlislarimizni xursand qiladi deb o'ylayman.

SHu o'rinda bizni qo'llab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Stadionga keling va "Neftchi"ning g'alabalariga o'z xissangizni qo'shing. Zero futbol muxlislar uchun.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика