So’nggi yangiliklar

15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  1 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  2 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  3 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  14 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  5 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  4 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6

Dostonbek Hamdamov: "Nomzodlar qatoridan o'rin olganim yoqimli sovg'a bo'ldi" Yangiliklar

Dostonbek Hamdamov: "Nomzodlar qatoridan o'rin olganim yoqimli sovg'a bo'ldi"

Xabaringiz bo'lsa kerak, 2015 yil Osiyoning “Eng yaxshi yosh o'yinchisi” nominaciyasi bo'yicha o'zbekistonlik futbolchilar nomzod sifatida ro'yxatdan o'rin olgan.

Nomzodlardan biri “Bunyodkor” klubi yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov bu haqda o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Nomzodim yilning eng yaxshi yosh futbolchilari qatoriga qo'yilganidan juda ham xursandman. Bu men uchun kutilmagan va yoqimli sovg'a bo'ldi desam ham bo'ladi”, - deya gap boshladi Dostonbek.

- Aynan nimaning evaziga ushbu ro'yxatdan o'rin oldim deb o'ylaysiz?
- Yangi Zelandiyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi mundialda O'zbekiston terma jamoasi bilan chorak finalga qadar etib bordik. SHu sababli o'zbekistonlik uch nafar futbolchining nomzodi qo'yilgan bo'lsa kerak. Bu darajaga erishishimda jamoadoshlarimning yordami ham juda katta bo'lganini takidlashni istardim.

- Sizlardan tashqari yana qaysi o'zbekistonlik futbolchining nomzodi ushbu nominaciyaga qo'yilishga haqli edi?
- O'zbekistondan juda ko'p iqtidorli va qobiliyatli yoshlar bor. Hech bir jamoadoshimni ranjitib qo'yishni istamayman, O'zbekiston yoshlar terma jamoasida o'ynagan barchani kuchli futbolchi deb bilaman. Mamlakatimizda futbolga qaratilayotgan etibor juda ham katta. Buning samarasi xalqaro maydonlarda ko'zga tashlanmoqda.

- Agar sovrinni qo'lga kiritsangiz uni kimga bag'ishlaysiz?
- Agar xudo xohlasa sovrinni qo'lga kiritsam uni avvalambor vatanimga, ota-onamga va menga yaqindan yordam bergan murabbiylarimga bag'ishlayman. Do'stlarim Zabihillo O'rinboev va Eldor SHomurodovga ham omad tilayman.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика