Dostonbek Hamdamov: "Golim jamoamizga g'alaba keltirganidan xursandman"
02 iyu 2015 14:16
Yangiliklar
Dostonbek Hamdamov: "Golim jamoamizga g'alaba keltirganidan xursandman"
Oliy liganing 15-tur o'yini "Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" uchrashuvida g'alaba to'pi muallifiga aylangan Dostonbek Hamdamov o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yin yaxshi bo'ldi. Muxlislarimizni xursand qildik deb o'ylayman. "Qo'qon-1912" jamoasi ham bizga etarlicha qarshilik ko'rsatdi. Umuman bu jamoa ancha kuchli ekanligini takidlab o'tgan bo'lardim. Bu yilgi mavsumda chempionatimizda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. "Qo'qon-1912" jamoasining keyingi o'yinlarida omad tilayman. Urgan golim jamoaga g'alaba keltirganidan xursandman. CHarchoq alomatlari? Yo'q, mundialdan keyin kerakli hordiqni chiqarib oldik va charchoq alomatlari sezilmayapti. Boshqa jamoalardan takliflar tushayotgani haqida men bilmayman. Bu borada klub shug'ullanadi", - deya o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi Dostonbek Hamdamov.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar