Dostonbek Hamdamov: “G'alaba qozonish uchun biroz omad yetishmadi”

Aslanov Jasurbek
24 okt 2016, 14:41
Oliy liga 26-turi doirasidagi “Qizilqum” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyin “qaldirg'ochlar” vakili Dostonbek Hamdamovning o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- O'ylashimcha, “Qizilqum” jamoasini mag'lubiyatga uchratish uchun biroz omad yetishmadi. Ko'plab hujumlar uyushtirdik, afsuski ularni samarali yakunlay olmadik. “Qizilqum” – yaxshi shakllangan jamoa. Ularga keyingi uchrashuvlarda omad tilab qolaman. Oxirgi paytda biz uchun taqvim juda tig'iz kelgan. Bunday vaziyatdan qanday chiqib ketish choralarini ko'ramiz. Lekin nima bo'lishidan qatinazar biz faqat futbol o'ynash haqida o'ylashimiz kerak. Boshqa narsa bizni aslo qiziqtirmaydi, - deydi Dostonbek Hamdamov.

"Bunyodkor" matbuot-xizmati

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia