Dostonbek Hamdamov: "Buxoro" ikkinchi davrada ko'pchilikka bosh og'riq bo'ladi"
06 avg 2015 14:45
Yangiliklar
Dostonbek Hamdamov: "Buxoro" ikkinchi davrada ko'pchilikka bosh og'riq bo'ladi"
16-turning ramziy terma jamoasidan o'rin olgan "Bunyodkor" yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ramziy termaga kirganimdan xursandman. Yana o'z ustimda ishlab gollar urib har bir turda ramziy termaga tushishga harakat qilaman. "Buxoro"ga qarshi safardagi bahs biz uchun juda og'ir kechdi. Sababi raqib safiga bir qator yangi futbolchilar kelib qo'shilishgan. Ular o'z muxlislari qarshisida faqat g'alaba uchun o'ynashdi. SHunga qaramay g'alaba qozonganimizdan mamnunmiz. O'ylashimcha "Buxoro" ikkinchi davrada ko'pchilik klublarga bosh og'riq bo'ladi", - deydi Dostonbek Hamdamov.
Eslatib o'tamiz, Hamdamov "Buxoro"ga qarshi o'yinda o'z hisobiga mavsumdagi beshinchi golni yozib qo'ydi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar