Doston Tursunov: "Maqsadim – O'zbekiston milliy terma jamoasiga qaytish"
17 fev 21:17
Yangiliklar
Doston Tursunov: "Maqsadim – O'zbekiston milliy terma jamoasiga qaytish"
Xuzistonning "Istiqlol" jamoasi azosiga aylangan Doston Tursunov Championat.asia saytiga fikrlarini bildirdi.
"Paxtakor"dan ketganimdan keyin oldimda bir qator variantlar bor edi. Saudiya Arabistoni, Tailand va Eron klublaridan takliflar tushdi.
"Istiqlol"ning qiziqishi boshqalarga qaraganda jiddiyroq bo'lgani uchun shu klubni tanladim. Jamoaning maqsadi – oliy ligada jon saqlab qolish. Mening maqsadim – klubga yordam berish va O'zbekiston milliy terma jamoasiga qaytish", – dedi futbolchi.
28 yoshli futbolchi Eron jamoasi bilan yozga qadar mo'ljallangan kelishuv imzoladi.
Fikrlar