So’nggi yangiliklar

10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  0 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  0 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  1 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  4 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  10 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  4 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  3 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  3 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  8 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  4 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3

Doston Tursunov: "Ertaga Yaponiyaning ojiz taraflariga "zarba berish"ga harakat qilamiz" Yangiliklar

Doston Tursunov: "Ertaga Yaponiyaning ojiz taraflariga "zarba berish"ga harakat qilamiz"

O'zbekiston OTJ himoyachisi Doston Tursunov ertangi o'yin oldidan jurnalistlarga intervyu berdi.

U-23 Osiyo Kubogi yarim finalidan o'rin olgan O'zbekiston – Yaponiya o'yinidan avval futbolchimiz Doston Tursunov uchrashuv haqida "Championat.asia"ga fikrlarini bildirib o'tdi.

- Doston, avvalo, Iroq bilan o'yindagi g'alaba bilan tabriklaymiz. 120 daqiqalik hissiyotli o'yindan so'ng yigitlar ertangi bahsga qanchalik tayyor?

- Biz o'yinga yaxshi tayyorlanyapmiz, barchaning kayfiyati yaxshi. O'yinga tayyormiz deb o'ylayman.

- Jamoa Yaponiyani o'rganib chiqqan. Ularning muhim jihatlari haqida aytib berolasizmi?

- Yaponiyaning ham ojiz va kuchli tomonlari bor. Ularning ojiz taraflarini o'rganib chiqdik. Ertaga aynan shu taraflariga "zarba berish"ga harakat qilamiz.

- CHorak finalda 120 daqiqa harakat qildingiz. Jismoniy charchoqdan chiqib keta oldingizmi?

- Albatta, tiklanish yaxshi bo'ldi. Biz uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Muz, basseyn va boshqa yo'llar orqali tiklanishga ulgurdik.

- Ertangi uchrashuvga muxlislarning kirish-kirmasligi hali aniq emas. Bunga fikringiz qanaqa?

Biz har ikki holatga ham tayyormiz. Agar muxlislar kirishsa, bizga yanada kuch bag'ishlashadi. O'tgan o'yinda ham muxlislar bizga 11-o'yinchi bo'lib berishdi. Ularning kirishi biz uchun yaxshi. Kiritilmasa ham tabiiyki g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика