Doston Toshmatov: “Bitta o'yinda 5ta gol urishimga sheriklarim yordam berdi”
11 may 2018 19:56
Yangiliklar
Doston Toshmatov: “Bitta o'yinda 5ta gol urishimga sheriklarim yordam berdi”
- Avvalo g'alaba muborak bo'lsin.- Raxmat.
- Uchrashuv haqida fikringiz qanday?
- O'yin ancha qiziqarli bo'ldi. Dastlabki daqiqalardan gol kiritganimiz bizga ruhiy ustunlik bo'ldi.
- Bugungi o'yinda 5 ta gol uraman deb o'ylaganmidingiz?
- Har bir futbolchi maydonga tusharkan, avvalo jamoaga yordam beraman deb xarakat qiladi. Men ham xamma o'yinga gol kiritib, jamoaga yordam beraman deb harakat qilaman. 5 ta gol kiritishimga jamoadoshlarimning barchalari yordam berishdi. Jamoadoshlarimga rahmat aytaman.
- O'tgan 8 ta tur natijasiga ko'ra, gollaringiz soni 9 ta bo'ldi. To'purarlar o'rtasida yakka peshqadam bo'lib oldingiz, mavsum so'ngiga qadar to'purarlikni saqlab qola olasizmi?
- Meni asosiy maqsadim gol urib, jamoamga yordam berish. To'purarlikka kelsak hali mavsum so'ngiga ancha vaqt bor, hammasini vaqt ko'rsatadi.
Akmal Rahmatullaev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar