Doston Hamdamov: "To'p kiritishni mo'ljallab darvozani nishonga olgandim"
14 jan 2016 15:07
Yangiliklar
Doston Hamdamov: "To'p kiritishni mo'ljallab darvozani nishonga olgandim"
Janubiy Koreyaga qarshi kecha bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yarim himoyachisi Doston Hamdamov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblangan Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda yomon harakat qilmadik. Ularga qarshi o'yin biz uchun tajriba bo'ldi. Jamoamizga omad etishmadi, menimcha.
Penaltidan to'p o'tkazib yuborganimizdan keyin o'yin salbiy tomonga o'zgarib ketdi, deya olmayman. Biz bir qator hujumlar uyushtirdik, imkoniyatlarga ega bo'ldik, ammo ulardan foydalana olmadik.
Gol urgan vaziyatimga keladigan bo'lsak, to'p kiritishni mo'ljallab darvozani nishonga olgandim", - deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Doston Hamdamov.
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi.
Qatar, Doha.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar