Doston Hamdamov: "Qozog'iston bilan yaxshi o'yin bo'ladi"
14 noy 2022 20:24
Yangiliklar


Doston Hamdamov: "Qozog'iston bilan yaxshi o'yin bo'ladi"
Bugun "Jar" stadionida milliy jamoamiz va "Paxtakor" futbol klubi vingeri Dostonbek Hamdamovning fikrlariga quloq tutdik.
— Doston, Superliga yakunlandi. Kayfiyatlar qanaqa?
— Avvalo, "Paxtakor"ning barcha muxlislarini chempionlik bilan tabriklayman. Bu g'alabani uchun ancha mehnat qildik va kutdik. Mavsum yakunlanishi bilan hammasini unutib, ertasi kundan Qozog'istonga qarshi o'tadigan o'yin uchun tayyorgarlikni boshladik.
— Bu yig'inda o'zingizni qanday his qilyapsiz?
— Qiyin deb bo'lmaydi. Murabbiylar bilan tezroq tiklanish uchun shug'ullanyapmiz. O'yinda bor kuchimizni beramiz.
— Raqib haqida nima deya olasiz?
— Bu haqda hozir nimadir deyolmayman. Faqat o'yin yaxshi bo'lishini bilaman.
— Havo sovuq bo'lsa, tomoshabinlar tashrifi qanchalik bo'ladi?
— Iloji boricha barcha muxlislardan kelishlarini so'rab qolamiz. Xudo xohlasa, ularga chiroyli g'alaba taqdim qilamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar