So’nggi yangiliklar

10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  30 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3

Doston Hamdamov: “O'zbekistonni eslab qolishlarini istayman” Yangiliklar

Doston Hamdamov: “O'zbekistonni eslab qolishlarini istayman”

30 may kuni Yangi Zelandiyada start oladigan yoshlar o'rtasidagi Jahon CHempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan Ravshan Haydarov jamoasi himoyachisi Doston Hamdamov “Interfutbol” nashriga intervyu berdi.

Tayyorgarlik haqida

“Jahon CHempionatiga tayyorgarligimiz alo darajada, desam bo'ladi. Hammamiz ushbu Jahon CHempionatini sabrsizlik bilan kutyapmiz. Mundial yaqinlashgani sari hayajon ham mos ravishda ortib bormoqda. Raqiblaimiz o'yinlari yozilgan disklarni tomosha qilyapmiz, o'rganyapmiz. To'g'ri, guruhdagi raqiblarimiz nomdor bo'lishi mumkin, lekin hozir hamma jamoa bilan ham o'ynasa bo'ladi. Faqat to'g'ri taktika tanlanilsa va o'z kuchiga ishonch bilan maydonga tushilsa bas”.

“OCHLda to'plangan xalqaro tajriba, albatta, terma jamoa safida yordam beradi. Men kabi OCHLda o'ynab tajriba to'plagan futbolchilar “Paxtakor” va “Nasaf” jamoasida ham bor”.

“Undan tashqari tarkibda o'smirlar o'rtasidagi Jahon CHempionatida o'ynagan futbolchilar anchagina bor. Bu ham jamoaning o'yiniga ijobiy tasir qiladi”.

Tarkibdagi asosiy yo'qotish to'g'risida

“Afsuski, terma jamoazning etakchi futbolchilaridan Jamshid Boltaboev Yangi Zelandiyaga bora olmaydi. Hozircha bu jamoamizdagi eng katta yo'qotish bo'lib turibdi. Yarim himoya chizig'ida Boltaboev bajaradigan ish hajmi juda katta edi. Himoya va hujum chizig'ini bog'lab turardi. Endi uning o'rnini bildirmaslikka harakat qilamiz. Uning poziciyasida Javohir Siddiqov, Mirjamol Qosimov kabi yaxshi futbolchilar bor. Bir so'z bilan aytgandi, Jamshid uchun ham harakat qilamiz”.

Raqiblar haqida

“Germaniya terma jamoasining nomi jarangli eshitilgani bilan u jamoada ham biz kabi futbolchilar o'ynaydi. To'g'ri, Germaniya U-20 tarkibida bir nechta futbolchi Bundesliganing ko'zga ko'ringan klublarida harakat qilishadi. Lekin bu cho'chitmaydi. Yuqorida aytganimdek, biz o'z kuchimizga ishonib maydonga tushsak, ijobiy natijaga erishamiz.

Gondurasi haqida ham shunday fikrdaman. Fijini ko'pchilik mensimasligi mumkin. Ammo bu to'g'ri emas. Kutilmagan natijalar zamonaviy futbolda tez-tez uchrab turadi.

Vazifa va maqsadlar borasida

Birinchi navbatda mazmunli va munosib ishtirok etishimizni kutyapman. O'zbekiston terma jamoasini eslab qolishlarini istayman. O'ylaymanki, jamoaning har bir azosida shunday istak mavjud. Oldimizda turgan birinchi vazifa – guruhdan chiqib olish. Keyin esa vaziyatga qarab ish tutaveramiz. Bundan avvalgi jahon chempionatlarida o'smir va yoshlar terma jamoalarimiz qayd etgan natijalarni pasaytirmaslikka harakat qilamiz”.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика