Doston Hamdamov: "Biz o'z maqsadimiz sari intilyapmiz"
17 mar 2019 07:29
Yangiliklar


Doston Hamdamov: "Biz o'z maqsadimiz sari intilyapmiz"
"Paxtakor" yarim himoyachisi Doston Hamdamov "Lokomotiv"ga qarshi bahsdan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"CHiroyli uchrashuv bo'ldi. Toshkent derbisi qiziqarli bo'ldi. Ushbu g'alaba biz uchun muhim edi. Raqib ham chempionlik uchun davogar jamoalardan biri edi. Oldinda hali ko'plab o'yinlar bor. Hozirdan aniq bir gap aytib bo'lmaydi. Biz o'z maqsadimiz sari intilyapmiz. Asosiy maqsadimiz chempionlik ekan, raqib tanlash shart emas deb o'ylayman", - dedi Doston Hamdamov.
Aziz To'xtamurodov yozib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar