So’nggi yangiliklar

04:26Анвар Бердиев: "Ҳимоявий футбол тарафдори эмасман, ҳамма билан ҳужумкор ўйнаймиз"  2 03:07Вадим Абрамов: "Илк голимизни уриб олгач рақиб очилди"  1 02:45Иван Бошкович: "Рақиб қандай ютганидан кўра, ўзимиз шундай ютқазганимизни афзал кўраман"  1 02:16Виталий Левченко: "Ҳимоявий ўйнадик? Асосийси натижа"  0 01:52А Серия. "Болонья" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  4 00:05Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида ғалаба қозонди, "Сўғдиёна" автогол урди, "Динамо" эса сафарда ишончли ҳисобда зафар қучди  0 23:36"Реал" бир неча ҳафтадан бери Салибанинг вакиллари билан музокаралар олиб бормоқда. "Арсенал" ҳимоячиси - испанияликларнинг устувор мақсади  2 23:02А Серия. "Рома" ўз уйида "Фиорентина"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўринга кўтарилиб олди, Шомуродов ғалаба голига ассистентлик қилди  45 22:27АПЛ. "Челси" ўз уйида ўтган турда чемпионликни расмийлаштирган "Ливерпуль"ни мағлуб этди  21 22:25Бундеслига. "Байер" очко йўқотди, "Бавария" — 2024/25 йилги мавсум чемпиони! Кейнда илк соврин  6 22:21Суперлига. "Динамо" "Шўртан" майдонида ишончли ғалабага эришди  32 22:08Левандовски "Интер" билан баҳсда ҳаракат қилиши мумкин, Бальде эса ўйинда иштирок этмайди  2 21:41"Пиза" 34 йилдан сўнг А Серияга қайтди  7 21:10ОПЛ. "Сумқайит" меҳмонда "Қорабоғ"га мағлуб бўлди, Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жалолиддинов эса захирадан майдонга тушди  3 21:07"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ўйинчиси билан музокараларни бошлади  3

Doston Abdurahmonov: Maqsadsiz futbol o'ynab bo'lmaydi Yangiliklar

Doston Abdurahmonov: Maqsadsiz futbol o'ynab bo'lmaydi

Mavsum boshida Olmaliqdan Bunyodkorga ko'chib o'tgan tajribali yarim himoyachi Doston Abdurahmonov qaldrirg'ochlar safini ham tark etdi.
 SHundan so'ng Abdurahmonovga Mashal jamoasidan taklif kelib tushdi va u gazchilar bilan kelishuvga erishdi. Futbolchining birdaniga ikkita jamoani almashtirgani ko'pchilikni ajablantirdi. Bunga nima sabab bo'lganligini bilish istagida Abdurahmonov bilan suhbatlashdik.

- Doston, avvalo Bunyodkordan nima sababdan ketishga qaror qildingiz?

- Xorijdagi dastlabki yig'inni tugatib, yurtimizga qaytib kelgandik. Turkiyaga ketish oldidan Metallurgga qarshi nazorat uchrashuvida qatnashdik. O'sha bahsda yana jarohat oldim. SHunga qaramay, murabbiylar shtabi meni Turkiyaga olib ketdi. Bilsangiz, ikkinchi xorij yig'inimizda bir qator nazorat uchrashuvlari bo'lib o'tganiga qaramay, men birortasida ishtirok etmadim. Negaki, jarohatim bor edi va mashg'ulotlarda ham qatnashmadim. Yurtimizga qaytib kelganimizdan so'ng engil tarzda yugurishni boshlab yubordim. Bir necha kun oldin esa Sergey Lushan meni oldiga chaqirdi. Senga Mashaldan taklif tushyapti. Bunga nim deysan?, dedi. Istasang, jarohatingdan forig' bo'lib, o'z navbatingni kutishing mumkin. Men seni jamoadan ket demayman. Faqat, holatiga qarab, xulosa chiqar dedi. Keyinchalik hammasini obdon o'ylab ko'rganimdan so'ng Mashal variantini lozim topdim. SHu o'rinda Sergey Lushanga katta rahmat aytaman. CHunki uning o'rnida boshqa mutaxassis bo'lganida chempionat boshlanganida shartnomani bekor qilib yuborishi ham mumkin. Bu futbolda uchrab turadigan holatdir. Biroq Sergey Ivanovich o'zi ham futbolchi bo'lgani bois, shogirdlari bilan qay tariqa munosabatda bo'lishni biladi.

- Mashaldan sizga ikki yil shartnoma tushgandi. Biroq siz bir yillikni maqul topdingiz. Buni qanday izohlaysiz?

- To'g'ri, Mashal jamoasi menga ikki yillik shartnoma taklif qildi. Biroq bir yil shu jamoada to'p surib ko'rayin, qolgani vaqt ko'rsatadi. Agar muhitga moslashib ketsam, hammasi joyiga tushib qolsa, bitimni uzaytirishimiz ham mumkin. Qolgani vaqt ko'rsatadi.

- Bunyodkordan bu tariqa tez xayrlashishni hayolingizga keltirmagan bo'lsangiz kerak, shundaymi?

- CHindan ham kutmagandim. Lekin futbolda hamma narsa ro'y beradi. Kim ham meni jarohat oladi deb o'ylagandi. Umuman olganda, kutilmaganda ro'y berdi. SHu boisdan hafargarchilik bo'lmadi va do'stona xayrlashdim.

- Bu klubdan ketmasdan, o'z navbatingizni kutganingizda bo'lmasmidi?

- Hozirda o'ynash yoshidaliginimni unutmaylik. SHuncha yil Olmaliqda to'p surib keldim va doimiy ravishda o'yin amaliyotiga ega bo'lib keldim. Bunyodkor va yoki chempionatimizning kuchli jamoalarining birida to'p surish uchun doimiy ravishda sport formada bo'lishingiz kerak. SHu jihatlarini ham o'ylab ko'rgan holda tark etdim. SHuni takror aytaman, Sergey Lushan meni xaydagani yoki ket degani yo'q. Barchasini tushuntirdi, qolishing ham mumkin dedi.

- Oldingizda boshqa jamoalardan ham variantlar bormidi?

- Variantlar haqida to'htalmoqchi emasman. Negaki, men Mashal jamoasi bilan kelishuvga erishdim. Endi qolgan takliflar to'g'risida gapirishdan foyda yo'q.

- Sergey Lushan bilan qisqa muddat ishlab ko'rdingiz. Bu mutaxassisi to'g'risida fikringiz?

- Ajoyib murabbiy deya olaman. Mashg'ulotlari ham rang-barang va qiziqarli. Doimiy ravishda futbolchilar bilan munosabati yaxshi bo'lib kelgan. Hech qachon birorta futbolchi bilan mashg'ul bo'lib qolmaydi. Uning uchun asosiysi, mashg'ulotlarda mehnat qilishdir. Familiyalar ahamiyatga ega emas.

- Yangi jamoada sizni qanday kutib olishdi? Umuman Mashaldagi sharoitlar sizga yoqdimi?

- Albatta, ajoyib tarzda kutib olishdi. Futbolchilar va murabbiylar birinchi kunlardan menga yaxshi munosabatda bo'lishdi. Umuman olganda, hammasi yaxshi. SHaroitlar ham ko'ngildagidek deya hisoblayman.

- Jarohatingizdan butunlay qutuldingizmi yoki hali ham davolanishdamisiz?

- Sekin-asta qutulib bormoqdaman. To'liq kuch bilan mashg'ulotlarda ishtirok etayotganimcha yo'q. 24 fevral kunidan Mashal Yangierda tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Aynan shundan keyin mashg'ulotlarga jiddiy tarzda kirishdim. Hozircha esa engil tarzda mashqlarni bajarmoqdaman.

- Doston, Bunyodkorga o'tganingizdan so'ng suhbatlashganimizda, o'z oldingizga katta maqsadlarni qo'yganingizni aytgandingiz. Bu fikrlaringizdan qaytmadingizmi?

- Yo'q. Futbolchi doimo o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan holda mashg'ulotlarda ishtirok etsa, yaxshi. Maqsadsiz futbol o'ynab bo'lmaydi. Mashal jamoasi ham yuqori vazifalarni ko'zlagan jamoalardan biri hisoblanadi. Joriy yilda klubning chempionatni muvaffaqiyatli ishtirok etishida, o'z yordamimni bermoqchiman.

- CHempionat boshlanishiga qisqa fursat qoldi. 1-tur uchrashuviga qadar to'liq formaga kirishingizga ishonasizmi?

- SHunga umid qilib turibman. 1-turda Navbahor jamoasiga qarshi o'yin bo'ladi. SHu uchrashuvda maydonga chiqsam, yomon bo'lmasdi. Ilk turlardan jamoaga yordam berishni maqsad qilib qo'yganman. Ishonamanki, 1-turga qadar to'liq sport formada bo'lishimga ishonchim komil.

- Mashalda to'p surish orqali Bunyodkorga qaytishingiz ham mumkinmi?

- Bo'lmasamchi! Buning uchun joriy mavsumni muborakliklarda yaxshi tarzda o'tkazishim kerak. Keyinchalik Bunyodkordan yana taklif tushsa, buni qabul qilgan bo'lardim. Umuman olganda, oldinda turli fikrlarni aytmoqchi emasman. Hammasini vaqt ko'rsatadi. Asosiysi, tezroq sport formaga kirishim kerak.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика