So’nggi yangiliklar

13:23U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичига қачон қуръа ташланиши эълон қилинди  0 12:54Криштиану Роналдунинг ўғли Португалия терма жамоасида 7-рақам остида дебют қилди  1 12:30Марказий Осиё. "Қайрат" кубокни тарк этди, "Истиқлол" очко йўқотди, Туркманистонда эса 4 тур кейинги ўйинлар ўтказилди  1 11:59Гвардиола "Барселона" футболчисини Де Брюйнега ўринбосар деб билмоқда  7 11:37Бутун бир давр якуни: "Реал" тажрибали футболчиси жамоадан кетади  8 10:58“Ноттингем“ ҳужумчиси сунъий кома ҳолатидан чиқди  0 10:30“Барселона“ Ямал ва Рафинья учун 7 та футболчидан воз кечишга тайёр  12 10:21Сергей Лебедев: “Маҳоратли футболчилар мезбонлар ғалабасига муносиб ҳисса қўшишди”  2 09:53“Рома“ ҳужумчисига Туркия грандлари қизиқиш билдирмоқда  0 09:19“Реал Мадрид“ 60 миллион евролик трансфер бўйича келишувга эришди (Фабрицио Романо)  16 08:49Сергей Лушан: “Беш баллик тизимда менимча, жамоа ўйинини 3 баллга лойиқ кўрса бўлади”  1 08:20Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган яна бир жамоа номи маълум  2 07:51Аббосбек Файзуллаев кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  5 07:24Дахшат. “Аякс“ чемпионликни ПСВга “совға“ қилмоқда  6 02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  5

Doston Abdurahmonov: “Lushan futbolchining familiyasiga qaramasligini aytdi” Yangiliklar

Doston Abdurahmonov: “Lushan futbolchining familiyasiga qaramasligini aytdi”

“Olmaliq”ning iqtidorli futbolchisi Doston Abdurahmonov yaqinda jamoasini o'zgartirdi. 24 yoshli futbolchi endilikda “Bunyodkor” sharafini himoya qiladi.
SHu munosobat bilan Abdurahmonovni suhbatga chorladik.

- Doston, bir jamoada 7 yil mobaynida o'ynab keyinchalik boshqa jamoaga ko'chib o'tish jarayoni har qanday futbolchiga oson bo'lmasligi tabiiy. SHu bois siz uchun ham “Olmaliq” bilan xayrlashish oson kechmagandir?
- Albatta! 7 yil bu juda katta muddat. Har kimga ham shuncha yil bitta jamoada o'ynash nasib etavermaydi. “Olmaliq” huddi ikkinchi uyimdek bo'lib qolgandi. Lekin taqdirimga shu yozilgan ekan, undan qochib qutilib bo'lmaydi.

- “Bunyodkor”ga o'tishingiz qanday amalga oshdi?
- Mavsum yakunlangach uyda dam olayotgandim. SHunda ushbu klub vakili men bilan aloqaga chiqdi va jamoaga taklif etdi. Taklif aniq edi. Ko'rikdan o'tish uchun emas, shartnoma tuzish borasida tashabbus bilan chiqishdi.  Qolaversa “Olmaliq” bilan amaldagi shartnomam tugab borayotgandi. SHu bois “Bunyodkor” vakillari bilan uchrashib, gaplashdik. Muzokara har ikki tomonni qoniqtirgani bois kelishuvga erishdik.

- “Qaldirg'ochlar”ning taklifi ko'proq nimasi bilan etiboringizni tortdi?
- Oliy ligada 7-8 yildan buyon o'ynab kelayotgan bo'lsam, hali birorta sovrinni qo'lga kiritmadim. “Bunyodkor” bilan esa uni amalga oshirish uchun juda yaxshi imkoniyat tug'ilganini tushunib etdim. Bundan tashqari ushbu klub kelasi yil OCHLda ham ishtirok etadi. Maqsadim O'zbekiston Kubogini yutish va mamlakat chempioni bo'lish. Umid qilamanki, yangi jamoam bilan ushbu maqsadlarimga etaman.

- Yaxshi bilamizki, oliy ligada sizni Igor SHkvirin kashf etgandi. Bu murabbiy qo'li ostida 8 yil o'ynadingiz. U bilan xayrlashish qanday bo'ldi?
- “Bunyodkor” taklifini qabul qilishdan oldin eng avvalo Igor Anatolevich bilan maslahatlashdim. Murabbiy qarorimni to'g'ri qabul qildi va menga bu yo'lda omad tiladi. Kerakli maslahatlarni berib, ketishimga qarshilik ko'rsatmadi. Fursatdan foydalanib shu darajaga chiqishimda katta yordam bergan SHkvirin va uning yordamchilariga minnatdorchilik bildiraman.

- “Olmaliq”ni keyinchalik qanday xotiralar bilan eslaysiz?
- “Olmaliq” qisqa fursat ichida o'z o'rniga ega bo'ldi. U erda ajoyib “kollektiv” yig'ilgan. 7 yil mobaynida bir-biridan yaxshi voqealar yuz berdi. Bu jamoaga hech qachon befarq bo'lmayman.

- Endilikda sobiq jamoangizga aylangan ushbu klubni sovrinlarga ega chiqishi uchun yana qancha muddat kerak deb hisoblaysiz?
- To'g'risi bu haqda aniq javob aytishga qiynalaman. “Olmaliq” har mavsum boshida o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'yadi-yu, lekin nimadir etishmayapti.

- Yangi jamoada sizni qanday qabul qilishdi?
- Hammasi yaxshi. Mashg'ulotlarda ishlayapmiz. Har bir futbolchi o'zini ko'rsatish uchun astoydil ter to'kmoqda.

- Bosh murabbiy Sergey Lushan bilan alohida suhbatlashish imkoni bo'ldimi?

- Ha, shartnoma tuzishdan oldin bosh murabbiy bilan gaplashdim. O'zaro suhbatimiz chog'ida Sergey Ivanovich menga o'yinlarimni kuzatib kelganini va unga maqul tushishini aytdi. Qolaversa Lushan futbolchining familiyasiga yoki uning terma jamoalarda o'ynashiga qaramasligini bildirdi. Boshqacha aytganda, kim tayyor bo'lsa maydonga o'sha futbolchi tushishini takidladi. Men ham o'z navbatida bildirilgan ishonchni oqlashga bor kuchim bilan harakat qilishimni aytdim.

- Mashg'ulotlarda qanday farqni sezdingiz?
- Yig'in juda qiziqarli o'tmoqda. Mashg'ulotlar baribir farq qiladi. Har bir murabbiyning futbolga o'z qarashi bor. SHundan ekan uning mashg'ulot o'tkazish jarayoni ham tubdan farq qiladi.

- Yangi jamoangizda raqobat nisbatan yuqori. “Bunyodkor”da ham boshlang'ich tarkibda o'ynab keta olishingizga qanchalik ishonasiz?
- Jamoaga o'tayotganda raqobatdan cho'chiganim yo'q. Aks holda “Olmaliq”da qolgan bo'lardim. Albatta, u bor joyda o'sish ko'zga tashlanadi. SHuni aytmoqchimanki, “qaldirg'ochlar” safiga zaxirada o'tirish uchun kelganim yo'q. Mashg'ulotlarda ishlab, o'z kuchim bilan asosiy tarkibda o'ynashga munosib ekanligimni isbotlayman. O'ylaymanki bunga erisha olaman.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика