"Do'stlik Toshkent" SHerzod Qodirovning "Dinamo"ga o'tishi borasida munosabat bildirdi
08 iyu 2024 19:02
Yangiliklar
"Do'stlik Toshkent" SHerzod Qodirovning "Dinamo"ga o'tishi borasida munosabat bildirdi
Eshitdik-da! "Dinamo" Pro liga to'purarlaridan biriga jiddiy qiziqmoqda
SHu munosabat bilan "Do'stlik Toshkent" rahbari Jo'rabek Nig'matovdan mazkur holatga oydinlik kiritdik.
"Jamoamizning asl maqsadi yoshlarga imkoniyat bergan holda ularni katta jamoalarga yo'naltirish. Debyut mavsumimiz yomon o'tmayapti deb o'ylayman. Birinchi yil uchun kerakli tajribalarni to'playapmiz. Ko'plab futbolchilarimizga qiziqishlar bo'lmoqda , nafaqat Superliga , balki chet el jamoalardan ham. Qodirovga keladigan bo'lsak, u uchun xursandmiz. Agar terma jamoa bosh murabbiyi bo'lgan mutaxassisdan taklif tushsa, muzokara olib borishga tayyormiz. Hozircha rasmiy taklif tushgani yuq. Ishontirib aytamanki, SHerzod istalgan Superliga klubida o'ynab keta oladigan salohiyatli yigit, o'sishda davom etsa va MTJ dan ham taklif tushsa, xayron kolmayman.
Istedodlar borasida 2025 yilda ko'p sovg'alarimiz bor. Futbol maktabimizda tarbiya topayotgan futbolchilar kelasi yili katta imkoniyatga ega bo'ladilar. Biz nafaqat Superliga, balki xorijga futbolchi tayyorlashni maqsad qilyapmiz ", - deydi Jo'rabek Nig'matov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar