Donnarumma PSJ bilan kelishib oldi, ammo...
02 iyu 2021 22:35
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/640446_original.jpg)
![](/upload/storage/640446_220.jpg)
Donnarumma PSJ bilan kelishib oldi, ammo...
Italiya termasi darvozaboni Janluijji Donnarumma PSJga o'tishga yaqin turibdi.
"Sunday Times" xabariga ko'ra, yaqinda "Milan"dan ketgan posbon PSJ bilan kelishuvga erishgan. Parij klubi 22 yoshli posbonni Keylor Navasning o'rniga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Ammo kostarikalik posbonning hozirgi o'yinidan kelib chiqib, Donnarumma bir yilga boshqa klubga ijaraga berib yuborilishi kutilmoqda.
Oldinroq uning xizmatlariga "Barselona", "Yuventus" hamda "Roma" tomonidan qiziqishlar bo'layotganligi aytilgandi.
Donnarumma o'tgan mavsumda 37 o'yinning 13tasida gol o'tkazib yubormadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar