Donnarumma: "Guruhda ikkinchi bo'lganimizni faqat o'yin yakunlanganidan keyin bildim"
03 noy 2022 20:51
Yangiliklar


Donnarumma: "Guruhda ikkinchi bo'lganimizni faqat o'yin yakunlanganidan keyin bildim"
PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma CHempionlar ligasi guruh bosqichidagi holat haqida gapirdi.
PSJ so'nggi turda "Yuventus"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi, ammo yakunda ikkinchi o'ringa tushib ketdi. Gap shundaki, “Benfika” “Makkabi”ni 6:1 hisobida mag'lub etdi. Natijada, PSJ va "Benfika"ning natijalari bir xil bo'ldi (o'zaro uchrashuvlarda ikkita durang, to'plar nisbati — 16:7), ammo mehmonda urilgan gollar soni bo'yicha Lissabon klubi yuqoridan joy oldi.
"To'g'risini aytsam, guruhda ikkinchi bo'lganimizni faqat o'yin yakunlanganidan keyin bildim. Afsuski, shunday bo'lib qoldi. 1/8 finalda kim bilan to'qnash kelishimizdan qatiy nazar, ajoyib o'yin bo'lishiga ishonaman”, – dedi Donnarumma.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar