Donnarumma Safonov bilan raqobatlashishni istamayapti va jamoani tark etish niyatida
02 dek 11:31
Yangiliklar
Donnarumma Safonov bilan raqobatlashishni istamayapti va jamoani tark etish niyatida
Jumladan, golkiperga CHempionlar Ligasi 5-turida "Bavariya" qarshi bellashuvda darvozani Matvey Safonov qo'riqlagani yoqmagan. Donnarumma sentyabr oyidagi jarohat tufayli qo'yib yuborilgan "Jirona"ga qarshi bahsni (1:0) inobatga olmasa, uch yil deganda birinchi marta ECHL o'yinini o'tkazib yubordi. Jamoa ustozi Luis Enrike Rossiya terma jamoasi azosi kuchli pressing qiladigan klublarga qarshi o'zini yaxshiroq his qilishi bilan o'z tanlovini izohlagandi.
Ayni damda italiyalik futbolchi PSJ bilan ikki hafta avval boshlangan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni to'xtatgan. Donnarummaning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan. Avvalroq, FIFA Italiya termasi sardorini yilning eng yaxshi darvozabonligiga nomzodlar qatorida etirof etgandi.
Fikrlar