So’nggi yangiliklar

21:10Суперлига. "Шўртан" – "Динамо" (матнли трансляция)  5 21:10ОПЛ. "Сумқайит" меҳмонда "Қорабоғ"га мағлуб бўлди, Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жалолиддинов эса захирадан майдонга тушди  3 21:07"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ўйинчиси билан музокараларни бошлади  2 21:05Суперлига. Навоийда бугун байрам. "Қизилқум" уйга қайтган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди  65 21:00А Серия. "Рома" ўз уйида "Фиорентина"ни қабул қилмоқда, Шомуродов илк дақиқалардан майдонда (онлайн ҳисоб)  13 20:35РПЛ. ЦСКА меҳмонда "Ахмат" билан дуранг ўйнади, Файзуллаев тўлиқ ўйнади ва огоҳлантирилди  5 20:02АПЛ. МЮ "Брентфорд"га мағлуб бўлди, "Ньюкасл" ва "Тоттенхэм" ўз ўйинларида дуранг қайд этишди  4 19:55“Сўғдиёна“ Фарғонада иккита гол урган баҳсда “Нефтчи“ 2:1 ҳисобида ғалаба қозонди  31 19:32"Фрайбург" — "Байер" ўйини учун таркиблар маълум, леверкузенликлар очко йўқотса, "Бавария" муддатидан олдин чемпионликка эришади  0 19:31"Челси" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  8 18:58Ла Лига. "Реал" Мбаппенинг дубли эвазига ғалаба қозонди, "Сельта" камбэкка яқин келганди  61 17:58"Интер" ва "Барса" ўртасидаги EЧЛ жавоб ўйинини ким бошқариши маълум  7 16:21Клопп "Реал"га рад жавобини берганидан афсусда  19 15:27Breaking! Александр Хомяков "Андижон"дан кетди  61 15:23Арда Турон "Шахтёр" бош мураббийи бўлишга яқин  5

Doniyor Usmonov: “Qo'qon-1912”ga qaytganimdan xursandman” Yangiliklar

Doniyor Usmonov: “Qo'qon-1912”ga qaytganimdan xursandman”

Avval xabar berganimizdek, iqtidorli hujumchi Doniyor Usmonov yana “Qo'qon-1912”ga qaytdi. Xuquqiy jihatdan “Lokomotiv”ga tegishli bo'lgan o'yinchi endilikda yana qo'qonliklar uchun o'ynaydi.
SHu munosabat bilan Usmonovni suhbatga chorladik.

- Doniyor, o'tgan mavsumning ikkinchi qismida 16ta gol urib, to'purar bo'lganingizdan so'ng muxlislar sizni yoqtirib qolgandi. SHu bois ular sizni yana “Qo'qon-1912”ga qaytishingizni istadi. Lekin mavsumlar oralig'ida “Lokomotiv” tarkibida bo'ldingiz. Aytingchi yana qo'qonliklar safiga qaytishingizga qanchalik ishonch bor edi?
- Avvalo shuni aytib o'tishni istardmiki, “Qo'qon-1912”ga qaytganimdan xursandman. Ochig'ini aytsam bu borada ishonchim 50 foiz edi. Hammasi menga bog'liq emasdi. Qishki yig'inlar chog'ida “Lokomotiv” tarkibida o'ynab, ozmi-ko'pmi gollar urdim. SHuning uchun meni jamoada olib qolishsa kerak deb o'ylagandim. Lekin so'nggi yig'inda nazorat o'yinlarida maydonga deyarli tushirmadi. Imkoniyat bermadi. OCHL doirasidan o'rin olgan Saudiya Arabistonidagi “Al hilol”ga qarshi kechgan bahsga ham bormadim.

- Bu paytda sizga “Qo'qon-1912” jiddiy qiziqayotgandi. To'g'rimi?

- Ha, Rustam aka Abdullaev meni ortga qaytishimni istadi. Qolaversa muxlislar ham yana “Qo'qon-1912”da o'ynashimni xohlayotgandi. Bu albatta kishiga ruhan zavq bag'ishlaydi. Senga ishonch bildirayotgan ekan, demak bundan ortig'ini talab qilib bo'lmaydi. Eng muhimi shu. Vadim Karlenovich bilan yig'inlar davomida suhbatlashganimda “Qo'qon-1912”ga qaytishimga ruhsat berishini so'rardim. Oxirgi yig'indan so'ng u kishi ketishimga qarshilik ko'rsatmadi.

- Faqat ochig'ini ayting, o'tgan mavsumning ikkinchi qismini yuqori notada o'tkazganingizdan so'ng yanada o'sish uchun “Lokomotiv”da qolishni istaganmidingiz yoki “Qo'qon-1912”da qaytishni o'ylaganmisiz?
- Yashirmayman, “Lokomotiv”dek grand klubda o'ynashni xohlagandim. Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etish har qanday futbolchining orzusi hisoblanadi.

- Demak murabbiylar imkoniyat berishini kutgansiz. SHundaymi?
- Ha. O'zimni ko'rsatish uchun imkoniyat berilmadi degan fikrda emasman. Hammasi yaxshi bo'ldi. Bir nechta nazorat o'yinlarida maydonga tushdim. O'zimni juda yaxshi his qildim. Boshqa hujumchilardan kam joyim yo'q edi. Lekin jamoada eng yosh hujumchi bo'lganim uchun ishonch kamroq bo'ldi. Balki murabbiy kutgan o'yinni ko'rsata olmagandirman.

- “Qo'qon-1912”da asosiy tarkibda o'ynash imkoniyati biroz yuqoriroq. Asosiy tarkibda joyim naqd degan fikr sizni chalg'itib qo'ymaydimi?
- Yo'q, bu erda ham o'ziga yarasha raqobat mavjud. Unda kim kuchli bo'lsa, o'sha maydonga chiqadi. Hammasi murabbiyga bog'liq. Lekin har bir futbolchi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlaydi.

- O'tgan mavsum o'z iqtidoringizni yuzaga chiqarishda Rustam Abdullaevning o'rni qanchalik bo'ldi deb bilasiz?
- SHubhasiz Rustam Rahmonovichni shu darajaga chiqishimda katta hissasi bor. O'tgan yili birinchi ligada menga ko'p narsa o'rgatdi. O'zi oldin hujumchi bo'lgani uchun ham qanday o'ynash kerakligi borasida alohida ko'rsatma berib turadi. Joriy mavsumda ham mendan umidi katta ekanligini aytib, ishonch bildirmoqda. Nasib qilsa nafaqat murabbiyning balki butun qo'qonlik ishqibozlarni va rahbariyatni ishonchini oqlayman. Buning uchun o'z ustimda astoydil ter to'kaman.

- “Qo'qon-1912” tarkibiga chempionat boshlanishiga oz fursat qolganida kelib qo'shildingiz. Bu yil jamoa tarkibi deyarli yangitdan tuzildi. Kirishib ketish qiyin bo'lmayaptimi?

- To'g'ri, tarkibda yangi o'yinchilar ko'p. Oliy ligada ular bilan munosib kurashamiz degan umiddaman. Lekin futbolchilar o'zgargan bo'lsada, ichki muhit o'sha-o'sha. Jamoaga qaytib kelganimda meni barchasi yaxshi qabul qildi. Ikki kun mashg'ulotlarda ishtirok etib shunga amin bo'ldimki, futbolchilar bir-birlari bilan inoq.

- Bu yil oliy ligada debyut mavsumingizni o'tkazishga yaqin turibsiz. CHempionat oldidan nimalarga umid qilyapsiz?
- O'zimni oliy ligada o'ynashga tayyor deb hisoblayman. Har xolda qishki yig'inlar chog'ida elita klublariga qarshi o'tkan bahslarda o'ynadim. Nasib qilsa bu yil ham ishqibozlarni xursand qilamiz. Men hujumchiman. Vazifam har bir uchrashuvda gol urish. Oldimga shuncha gol uraman deb aniq vazifa qo'ymaganman. Buni faqat Yaratganni o'zi biladi. Lekin imkon qadar to'purarlar safidan o'rin egallashga urinaman. Lekin bundan ham muhimi jamoamning yutug'i.

- Bo'lajak chempionat oldidan muxlislarga nima degan bo'lardingiz?
- Ishqibozlarni yangi boshlanayotgan futbol mavsumi bilan tabriklayman. Ularning har birini xonadonida doimo xursandchilik bo'lsin. Ishontirib ayta olamanki, “Qo'qon-1912” oliy ligada ham “yo'qolib” qolmaydi. Negaki tarkib oliy ligada o'ynagan futbolchilar bilan shakllantirilgan. Har bir bahsda jiddiy kurashamiz. Hech qanday havotir yo'q. SHaroitlar ham alo darajada ekanligini aytib o'tmoqchiman.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика