Doniyor Usmonov “Qo'qon-1912”ga qaytdi
03 mar 2015 12:01
Yangiliklar

Doniyor Usmonov “Qo'qon-1912”ga qaytdi
O'tgan mavsumning ikkinchi qismida “Qo'qon-1912” sharafini himoya qilgan Doniyor Usmonov huquqiy jihatdan “Lokomotiv”ga tegishli o'yinchi bo'lgani uchun mavsumlar oralig'ida “temiryo'lchilar” yig'iniga borib qo'shilgandi.
21 yoshli hujumchini yana ortga qaytishi borasida har ikki klub o'rtasida o'zaro muzokara o'tkazildi va yakunda Usmonov “Qo'qon-1912”da o'ynaydigan bo'ldi. Iqtidorli hujumchi kechadan jamoa mashg'ulotlarida ishtirok eta boshladi.
Tabiiyki Doniyorning qaytishi ishqibozlarni xursand qilsa ajab emas. Negaki Usmonov o'tgan yili ikkinchi bosqichda 16ta gol urib, birinchi ligada ikkinchi bosqich to'purari bo'lgan. Qolaversa, bu orqali qisqa vaqt ichida mahalliy muxlislarning yoqimtoyiga aylanib ulgurgandi.

Fikrlar