So’nggi yangiliklar

14:41Жота ва гуллар  1 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   0 13:08Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди  7 12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  6 12:00Лунин қарор қилди  2 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  4 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  9 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  10 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  12 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  5 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  17 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1

Doniyor Usmonov: “Neftchi”ga qarshi bahsda bosimsiz o'ynadik” Yangiliklar

Doniyor Usmonov: “Neftchi”ga qarshi bahsda bosimsiz o'ynadik”

Xabaringiz bo'lsa kerak, kecha Farg'onada “Qo'qon-1912” jamoasi “Neftchi”ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Mazkur g'alaba qo'qonliklarning o'z tarixidagi “Neftchi” ustidan qozonilgan ikkinchi g'alabasi bo'ldi. Yodingizda bo'lsa 2014 yili Qo'qonda kechgan O'zbekiston Kubogi doirasidagi bahsda “shunqorlar” pealtilar seriyasida farg'onaliklarni mag'lubiyatga uchratgandi. Kechagi muvaffaqiyat esa ularning chempionatdagi ilk g'alabasi bo'ldi. Uchrashuvda “Qo'qon-1912”ga g'alaba keltiruvchi gol muallifi bo'lgan Doniyor Usmonov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Doniyor, avvalo tarixiy g'alaba bilan tabrkilaymiz. Uchrashuv xususida fikringiz qanday?
- Tabrik uchun tashakkur. Garchi g'alaba qozongan bo'lsakda, uchrashuv juda ham qiyin kechdi. Mezbonlar o'z maydonida osonlikcha ochko ulashib yuboradigan klub emas. Buni o'yin davomida bilish qiyin kechmadi. To'g'risi, omadimiz keldi. Farg'onaliklar butun o'yin davomida hujum uyushtirgan bo'lsa, biz esa birgina vaziyatdan unumli foydalanib qoldik. SHu tariqa g'alabaga erishdik.

- “Qo'qon-1912” chempionat doirasida shu kungacha “Neftchi”ni mag'lub eta olmay kelayotgandi. Bundan xabaringiz bormidi?
- Albatta, o'yindan avval bu haqda saytingizdagi o'qigandim. Tarixni yangilash uchun bor kuchni sarfladik. Derbi o'yinlari doimo murosasiz va jangavor ruh ostida o'tadi. “Neftchi” bilan bahs ham kutilganidek murakkab kechdi. Lekin qora ananaga chek qo'yganimizdan xursandmiz.


- G'alaba nimani hisobiga qo'lga kiritildi deb o'ylaysiz?
- Bilasizmi biz “Neftchi”ga qarshi bahsda hech qanday bosimsiz xarakat qildik. Oliy ligadan tushib ketish yoki qolish to'g'risida emas, uchrashuv haqida o'yladik. Murabbiylar ham bahsdan oldin hotirjamlik bilan o'ynab, o'zimizni ko'rsatishimiz kerakligini aytgandi. G'alabamizning yana bir muhim omili deb esa ahillikni aytgan bo'lardim. Barchamiz bir-birimizni qo'llab-quvvatlagan xolda to'p tepdik.

- Derbidagi yagona golni kiritdingiz. Bu juda yoqimli bo'lsa kerak?
- Juda ham. Har bir bahsdan oldin maydonga gol urishni niyat qilib tushaman. Yaratganga shukur kecha gol urib, jamoamga muhim ochkolarni taqdim etdim.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика