So’nggi yangiliklar

19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 19:03"Сўғдиёна" — "Насаф". Таркиблар маълум  2 19:00Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  14 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4

Doniyor Umarov: "Maqsadim Superliga jamoasida to'p tepish" Yangiliklar

Doniyor Umarov: "Maqsadim Superliga jamoasida to'p tepish"

Teglar :  Doniyor UmarovZomin
"Mashal" akademiyasi yurtimizda o'zining obro'siga ega bo'lgan maskanlardan biri hisoblanadi.

Bugungi suhbatdoshimiz Pro liga ishtirokichisiga aylangan "Zomin" futbolchisi Doniyor Umarov ham muborakliklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'tgan mavsum Birinchi ligada "Zomin" bilan chempionlikni qo'lga kiritgan futbolchi saytimizga fikrlarini bildirdi. 


- Dastlab o'zingiz haqingizda malumot bersangiz. Qachon va qaerda tug'ilgansiz?

- 1999 yil Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanida tug'ilganman. 

- Birinchi murabbiyingiz kim bo'lgan?

- Futboldagi ilk ustozlarim Doniyor G'aniev va Umid Qahhorov. 

- "Mashal" akademiyasiga qachon borgansiz?

- Ushbu akademiyaga 2011 yil noyabr oyida borganman. 

- Akademiyada qaysi murabbiylar qo'l ostida to'p tepgansiz?

- Otajon Avezov va Nikolay Petrovich Lapa qo'l ostida shug'ullangandim. 

- Muborakda o'tkazgan davrlaringizda qaysi mashhur futbolchilar bilan to'p tepganingizni ayta olasizmi?

- Hozirda "Nasaf"da markaziy himoyada to'p tepayotgan Husniddin Aliqulov va "Mashal"da o'ynayotgan Zafarbek Akramov bilan to'p tepdik.  

- "Zomin"ga o'tishingiz jarayoni qanday bo'ldi?

- 2019 yil "Mashal"da yaxshi o'ynayotgan edim. Mavsumning ikkinchi yarimida Aleksandr Xomyakov "Andijon"ga yo'l oldi. Uning o'rniga Asror Aliqulov murabbiy etib tayinlandi. Ushbu murabbiy qo'l ostida o'yin amaliyotisiz qolib ketdim. SHundan keyin jamoamni o'zgartirishimga to'g'ri keldi. Asror aka bilan chiqisha olmadim. 

- Ortda qolgan mavsum davomida "Zomin"dagi faoliyatingiz qanday o'tdi?

- Alo darajada o'tdi, desam to'g'ri bo'ladi. Lekin maqsadim Superliga jamoalarida to'p tepish. 

- Muborakliklarning Superligadan tushib ketishi sizni hafa qildimi? 

- Albatta. Bu juda achinarli holat. "Mashal" Pro liga darajasidagi jamoa emas. 

- "Zomin" o'tgan yili Birinchi ligada g'olib chiqib Pro ligaga yo'llanma oldi. SHunga qaramay nima uchun jamoadan ketmoqchisiz?

- Jamoada qolib faoliyatimni davom ettirishim yaxshi albatta. Lekin hamma futbolchini orzusi Superligada to'p tepish.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика