So’nggi yangiliklar

22:16"Сўғдиёна" бош мураббийи истеъфога чиқарилиши мумкин  4 22:11"Бавария" ўз рекордини янгилашга яқин  0 21:35Ўзбекистон терма жамоаси эртадан йиғинга киришади  3 21:34Бундеслига. "Бавария"да йирик ғалаба, "Байер" ғалабани қўлдан чиқарди  0 21:21АПЛ. "Эвертон" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  4 21:12Эртадан Ўзбекистон кубоги старт олади  1 21:00Клублар рейтинги. Мингталикдан Ўзбекистоннинг икки клуби ўрин олди, улар орасида "Пахтакор" йўқ  17 20:45"Ливерпуль" 10 мавсумлик антирекордини такрорлади  1 20:32Тожикистон терма жамоасига Суперлиганинг икки нафар футболчиси чақирилди  0 20:15Эмре Жан шартномани узайтирди  0 20:08Футбол афсонаси Янги Каледонияни жаҳон чемпионатида иштирок этишга лойиқ деб ҳисоблайди  3 19:43Слотнинг кетиш вақти келдими? "Ливерпуль" сўнгги уч ўйинида иккинчи марта мағлуб бўлди  24 19:15Португалия ва Колумбия ЖЧ-2026 учун мўлжалланган либосларини тақдим этди  10 18:54Пеп Гвардиола финал олдидан қандай фикрда?  2 18:40Япония - аёллар ўртасида Осиё кубоги ғолиби!  0

Doniyor Odilov: "Yigitlar uchun xursandman" Yangiliklar

Doniyor Odilov: "Yigitlar uchun xursandman"

Mamlakat chempionatining “Nasaf” jamoasiga qarshi o'yinda jarohat olgan “Metallurg” himoyachisi Doniyor Odilov O'zbekiston kubogining “Olmaliq”qa qarshi kechgan javob uchrashuvini tomoshabinlar orasida kuzatdi.

O'yin paytida uning fikrlari bilan qiziqdik:

- Yigitlar uchun juda xursandman. Bugun ular o'zlarining eng ijobiy tomonlarini namoyish etishdi. Ayniqsa Jasur Hakimov boshqalardan ajralib turdi. Kiritilgan uchala golda ham qatnashdi. Bundan tashqari butun o'yin davomida ikkinchi qavatda mezbonlarga o'yin bermadi. To'pni to'xtatish, egallab olish, nazoratda ushlab turish hujumchi uchun juda kerakli xislatlar. Jasurning bugungi hatti harakatlari shaxsan meni xursand etdi. Ergash Ismoilov ham mavsumdagi birinchi golini kiritdi. Uni ham bu muvaffaqiyat bilan tabriklayman. Bugun o'zi omadli kun bo'ldi. Ertalab SHohnazar Norbekovning o'g'illi bo'lganligini eshitib, xursand bo'lgandik. Jamoadoshlar shu bois gol kiritganimizda chaqaloqni “belanchak” uslubida tabriklashdi. Yangi go'dakning umri uzoq bo'lishini, oilasiga, jamiyatimizga munosib inson bo'lib ulg'ayishini tilayman.

- O'zimga keladigan bo'lsam, dushanba kunidan individual shug'ullanishni boshlayman. “Nasaf” bilan o'yinda jiddiy shikaslangan ekanman. To'pig'im shishib, ikki kun yurolmadim. SHish endi qaytayapti. Nasib bo'lsa, “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvgacha safga qaytib qolarman.

- “Qizilqum” kuchli jamoalardan biri. Ularga qarshi o'yin oson kechmaydi. Buning ustiga mehmonda, ko'plab tomoshabinlar qarshisida o'ynash oson bo'lmasligini Buxoroda his etgandik. Lekin ijobiy natijadan umid uzmaymiz.

- O'zbekiston kubogining keyingi bosqichidagi raqibimiz “Bunyodkor” bo'lishiga shubha yo'q. “Qaldirg'ochlar" “Obod”dan kuchli. Biz esa raqib tanlamaymiz. Keyingi bosqichlarda ham muxlislarimizni xursand etishga harakat qilamiz, - deydi Odilov.

"Metallurg" matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика