So’nggi yangiliklar

20:05U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 - 2:0 (матнли трансляция)  39 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  1 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0

Doniyor Narzullaev: "Metallurg"ning sovrinli o'rinlarga ega chiqishi sensaciya hisoblanmaydi" Yangiliklar

Doniyor Narzullaev: "Metallurg"ning sovrinli o'rinlarga ega chiqishi sensaciya hisoblanmaydi"

Bekobodning "Metallurg" jamoasi joriy mavsumda ham ajoyib o'yin ko'rsatgan holda barqarorlikni saqlab qolishni uddasidan chiqmoqda.

Albatta jamoaning g'alabalarida futbolchilar ham katta hissa qo'shmoqda. Doniyor Narzullaev ham o'zining faol harakatlari bilan bosh murabbiy Andrey SHipilovning ishonchini qozonmoqda. Yaqinda ushbu futbolchini suhbatga chorladik. 

"Nasaf"dan ketib hech narsa yo'qotmadim. SHunchaki faoliyatimni boshqa jamoada davom ettirishni istadim. "Nasaf" doim yuragimda qoladi. "Metallurg"da bosh murabbiyimiz mendan ko'proq hujumga o'tishimni talab qiladi. Ko'proq oldingi chiziqda foydalanmoqda. Men ham o'z o'yinlarim bilan ularni ishonchini oqlashga harakat qilaman. 

Hozirgi "Metallurg"da barcha ish proffessional tarzda yo'lga qo'yilgan. Mashg'ulotlarda futbolchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. SHu tomonlama avvalgi yillardagi jamoadan farq qiladi. 

Maqsadimiz avvalgi mavsumda qo'lga kiritgan natijalarimizni yanada yaxshilash. Xudo xohlasa shu tempni ushlab tura olsak sovrinli o'rinlardan birini egallaymiz degan umiddaman. Buni kutilmagan sensaciyaga qiyoslash noo'rin bo'ladi. Sababi butun jamoa va murabbiylar shtabi qattiq mehnat qilmoqda. Sovrindorlar qatoridan joy olsak mehnatimizni samarasini ko'rgan bo'lamiz.

Xitoydagi "qor jangi"ni unutib bo'lmaydi. Ushbu chempionlikni tasodif deb atash butun jamoani mehnatini yo'qqa chiqarishdek gap. Biz o'shanda finalga qadar kuchli raqiblarni mag'lub etganmiz. Joriy yilgi Tailanddagi Osiyo chempionatida menimcha futbolchilarda bosim juda yuqori bo'ldi deyishim mumkin",- deydi Doniyor Narzullaev. 

Batafsil intervyuni bir necha soatlardan so'ng saytimizda o'qishingiz mumkin. Bizni kuzatishda davom eting! 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика