Doniyor Ismoilov: "Jarima to'pini tepishimni SHkvirinning o'zi aytgandi"
12 apr 2016 18:43
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/204571_original.jpg)
![](/upload/storage/204571_220.jpg)
Doniyor Ismoilov: "Jarima to'pini tepishimni SHkvirinning o'zi aytgandi"
Biz o'yindan so'ng yosh futbolchi bilan mavsum boshidagi omadsizliklar, "Metallurg"ga urilgan gol va keyingi bahs haqida gaplashdik.
"Biz yangi shakllanayotgan jamoamiz. Bu yil jamoada juda katta o'zgarishlar bo'ldi. Menimcha shu sabab o'yinimiz qovushmayotgan edi. Sekin-asata o'yinimizni topamiz xudo xohlasa. Umid qilamanki muxlislarning ishonchini oqlaymiz.
"Metallurg"ga qarshi o'yinda urgan golimga kelsak zaxiradan maydonga tushayotganimda Igor SHkvirin agar jarima to'pi bo'lsa o'zim tepishimni tayinlagan edi. Murabbiy bildirgan ishonchni oqlaganimdan xursandaman. VIDEO
Keyingi turda "Bunyodkor"ga qarshi o'ynaymiz. Raqib kuchli, yosh va shakllangan jamoa. "Qaldirg'ochlar"ga qarshi o'yinda ochko olishga va muxlislarni xursand qilamiz degan umiddaman", - deydi Doniyor Ismoilov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar