Doniyor Hasanov: "Obod"ning oldiga oliy ligaga chiqish vazifasi qo'yildi"
09 fev 2015 09:00
Yangiliklar

Doniyor Hasanov: "Obod"ning oldiga oliy ligaga chiqish vazifasi qo'yildi"
PFL kubogining ilk turida "Navbahor" ustidan g'alabaga erishgan "Obod" klubi sardori Doniyor Hasanovdan kichik intervyu oldik.
"O'yin oddiy o'rtoqlik uchrashuvi emasligi darhol sezildi. Raqib oliy liga vakili ekani, tarkibida kuchli futbolchilari borligi bilindi. Biroq futbolda omad ham kerak. Omad biz tomonda edi, gol urib g'alaba qozondik", - deydi Doniyor Hasanov.
- Tarkibga bir qator yangi futbolchilar kelishmoqda. Ular haqida nima deya olasiz?
- "SHo'rtan"dan Araik Boboev, "Istiqlol"dan SHoxruz Norxonov, "Nasaf"dan ikki nafar futbolchi keldi. Asosan jamoamiz uslubiga to'g'ri keladigan futbolchilar ko'rikdan o'tishmoqda.
- Bu yil birinchi ligada "Obod" oldiga qanday vazifa qo'yildi?
- Yig'in boshlanayotganida rahbariyat bizga oliy ligaga chiqish vazifasini qo'ydi. Bu yil oliy ligada 16ta klub ishtirok etishi tufayli biz elitaga chiqishimiz mumkin.
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Fikrlar