So’nggi yangiliklar

13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  4 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  6 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10

Doniyor Hasanov: “Obod”ga malakali mutaxassisning kelgani ruhan dalda bo'ldi” Yangiliklar

Doniyor Hasanov: “Obod”ga malakali mutaxassisning kelgani ruhan dalda bo'ldi”

Teglar :  Doniyor HasanovObod
Oliy liganing 14-turidan o'rin olgan “Andijon” – “Obod” (0:1) uchrashuvida mehmonlar safida faol xarakatlari bilan ajralib turgan jamoa sardori Doniyor Hasanov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Yaratganga shukur, safardagi ilk g'alabani qo'lga kiritdik. O'yindan oldin “Andijon”da bosh murabbiy o'zgarganini yaxshi bilardik. Bizga ham ikki tur avval yangi murabbiy kelgandi. Albatta, “Obod”ga malakali mutaxassisning kelgani ruhan dalda bo'ldi. SHunga qandaydir yigitlarni ruhiy jihatdan kuchaydi deyish mumkin. Kichik hisobda bo'lsada, asosiysi muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Ko'rgan bo'lsangiz jamoamizda yana bir nechta qulay vaziyatlar yuzaga kelgandi. Agarda ulardan unumli foydalanganimizda uchrashuv taqdirini oldinroq hal qilishimiz ham mumkin edi. Ammo bizga sovuqqonlik etishmadi. Qolaversa raqib jamoa ham biz kabi ko'pincha vaziyatlardan unumli foydalana olishmadi. Bugun baribir omadimiz keldi. Futbolda omad degan narsa muhim o'rin tutadi. U ko'p yordam beradi. Anchadan buyon kulib boqmayotgan omad bugun biz tomonda bo'ldi.   

- “Andijon”da ham huddi “Obod”dagi kabi oxirgi paytlardagi mag'lubiyatlardan keyin bugun ularning ortiga yo'l yo'q edi. Yaxshi jamoa. Asosiysi Yovanovich orqali o'yin tashkil etilmoqda. Havodan unga to'pni etkazib bermoqda va u boshqa jamoadoshlarini pas bilan taminlashga urinmoqda. Bizga o'yin oldidan murabbiy tomonidan bu kabi ko'rsatmalar berilgandi va yaxshi o'rganib chiqqandik.

- Men doim aytaman, har bir o'yinga biz faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Raqib qaysi jamoa bo'lishidan qatiy nazar, uch ochko jamg'arish maqsadida o'ynaymiz. Nasib qilsa kelgusi uchrashuvlarda ham kerakli natijani qo'lga kiritib, autsayderlar qatoridan chiqib ketamiz degan umiddaman, - deydi Hasanov.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика