Donadoni mag'lubiyatdan so'ng qo'lini sindirib oldi
04 sen 2016 21:41
Yangiliklar
Donadoni mag'lubiyatdan so'ng qo'lini sindirib oldi
"Bolonya" bosh murabbiyi Roberto Donadoni "Torino"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindagi 1:5 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng jahl ustida qo'lini sindirdi.
Murabbiy shogirdlarining ushbu o'yindagi harakatlaridan g'azablangan va qo'lini jahl bilan devorga urgan.
Ertasiga esa u mashg'ulotlarga qo'liga gips bog'langan holda tashrif buyurgan.
Fikrlar