So’nggi yangiliklar

11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  4 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  1 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  12 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  10 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  4 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1

Docton Hamdamov: Premer-ligada qolishim mumkin Yangiliklar

Docton Hamdamov: Premer-ligada qolishim mumkin

Mahachqalaning Anji klubi mavsum yakunlariga ko'ra Rossiya Premer-ligasini tark etdi.

Dog'istonliklar 30ta o'yinda 24 ochko jamg'arib, chempionatni 14-pog'onada yakunlashdi. Aynan shuncha ochko to'plagan «Tosno» hamda 13 ochko bilan 16-o'rinni band etgan «SKA-Xabarovsk» klublari kuchlilar safidan kamida bir yilga «badarg'a» bo'lishdi. 

«Anji» va «Amkar» jamoalari esa o'tish turnirida ishtirok etishdi. Mahachqalaliklar mehmonda «Enisey» klubiga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Javob bahsidagi g'alaba (4:3) esa umumiy muvaffaqiyat uchun kamlik qildi. «Tambov» jamoasidan har ikki uchrashuvda ham ustun kelgan (2:0, 1:0) Permning «Amkar» klubi elitadagi «propiska»sini bir yilga uzaytirib oldi. 

Biz bejiz «Anji» jamoasining natijalariga to'xtalmadik. Boisi, bu klub tarkibida hamyurtimiz Dostonbek Hamdamov ham o'ynadi. Hujjatlar bilan bog'liq muammolar sabab debyuti kechikib ketgan futbolchimiz 17 mart kuniga kelibgina yangi jamoasi uchun ilk o'yinini o'tkazdi.

Debyut muvaffaqiyatli chiqdi va 23-tur doirasidagi bu o'yinda «Anji» turnir jadvalidagi qo'shnisi, yana bir o'zbekistonlik futbolchi Vagiz Galiulin o'ynayotgan «Tosno»dan ustun keldi (2:0). Afsuski, «Anji» Premer-ligani tark etdi.

U 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o'tkazilgan ananaviy turnir finalida mehmon bo'ldi va taqdirlash marosimida yosh ukalariga medallar ulashdi. Fursatdan foydalanib, biz hujumkor yarim himoyachidan intervyu oldik.

- Kichkintoylarni ko'rib, bolalik yillarim esimga tushib ketdi, - deya o'z taassurotlarini so'zlay boshladi milliy terma jamoamizga nomzod futbolchi. - Yaqingacha ham xuddi shu bolalardek to'p tepardik. Bir zumda biz ham ulg'aydik (kuladi). Musobaqa yuqori saviyada o'tkazildi.

Bolalar va ularning ota-onalari juda ham xursand bo'lishdi. Ertak qahramonlari o'z chiqishlari bilan kichkintoylarni xushnud etishdi. Biroz issiq bo'lishiga qaramay, ishtirokchilar mazza qilib futbol o'ynashdi.

Bir so'z bilan aytganda, bu turnir murg'ak qalb sohiblari xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. O'z nomimdan tashkilotchilarga rahmat aytmoqchiman. Bu kabi musobaqalar qanchalik ko'p o'tkazilsa, istedodli yoshlarning kashf etilishi shunchalik tezlashadi.

Faqat shunday turnirlar orqali bolalarning mahorati va tajribasi yanada oshib boradi. Yildan-yilga bolalar futboliga qaratilayotgan etibor oshyapti. Buning natijasida mana shunday musobaqalar soni ham ko'paymoqda. Katta-katta arenalarga yo'l aynan shunday kichik maydonlardan boshlanadi.

- Dostonbek, keling, endi «Anji» jamoasidagi o'yinlaringizga to'xtalsangiz. «Anji»ning Premer-ligani tark etishini inobatga olmasak, umumiy taassurotlaringiz qanday bo'ldi?

- Yomon emas. Rossiya chempionati kutganimdan ham kuchli ekan. Jamoa­lar tarkibida yulduz darajasidagi futbolchilar, xususan, legionerlar o'ynashyapti. Ularga qarshi to'p surish oson bo'lgani yo'q.

Afsuski, siz aytgandek, mavsum yakunida kuchlilar safini tark etdik. Bu juda ham alamli bo'ldi. O'ylaymanki, sekin-asta vaziyat ijobiy tomonga o'zgaradi va barchasi o'z iziga tushib ketadi.

- «Anji»ga yo'l olishingiz qanday amalga oshdi?

- Bir nechta klublar qatori Mahach­qala jamoasidan ham taklif kelib tushgandi. Yaqinlarim bilan kelishgan holda Rossiya chempionatini afzal bildim.

Fevral oyida jamoaning o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etdim. O'yinlarda gollar urdim. Keyin har ikki klub o'zaro muzokaralardan so'ng kelishib olishdi, deb o'ylayman.

- Lekin «Anji»ga o'tishingiz anchagina muammoli tarzda kechdi. Hozir hammasi joyidami?

- Juda katta muammo bo'ldi, deb o'ylamayman. Bunday holatlar futbolda uchrab turadi. Hozir hammasi joyida.

- Yangi muhitga moslashish jarayo­ni qiyin kechmadimi?

- Boshida biroz mushkul bo'ldi. Lekin meni Mahachqalada juda yaxshi kutib olishdi. Endi shu muhitga to'laqonli kirishib ketish uchun ozgina vaqt, yani o'yin amaliyoti kerak.

Hujjatlar bilan bog'liq muammolar hal bo'lishi cho'zilib ketgani bois, yangi klubimdagi debyutim kechikdi.

- «Anji» bilan qancha muddatga shartnoma imzolagansiz?

- Kelishuv bir yarim yilga mo'ljallangan. SHundan yarim yili o'tdi.

- Jamoangiz «o'tish o'yini»da «Enisey»ga ikki uchrashuv natijasiga ko'ra yutqazib, Premer-ligani tark etdi. «Anji»ning kelasi mavsum rejalari malum bo'ldimi?

- Yo'q, hali bu haqda gap-so'z bo'lmadi. Har qanday holatda ham «Anji» chempionatda ishtirok etadi. Vazifa bir yil ichida yana kuchlilar safiga qaytish bo'ladi.

- Klub rahbariyati chempionat yakunlari hamda yangi mavsum rejalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdimi?

- Hozircha siz aytgan yig'ilish o'tkazilmadi. «Enisey» bilan bo'lib o'tgan ikkinchi o'yindan so'ng jamoa tatilga chiqdi. Afsuski, biz birinchi o'yinda yirik hisobda yutqazib qo'ygandik. O'sha mag'lubiyat «Anji»ga qimmatga tushdi.

- «Anji» ixtiyoriga qachon borib qo'shilasiz?

- Aniq sanani aytishmadi. Lekin iyun oyining oxirgi o'n kunligida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlash uchun klub lageriga etib borishimiz kerak.

- Kelasi mavsum ham «Anji» sharafini himoya qilasizmi?

- Bu savolga hozir aniq javob bera olmayman. Klub ixtiyoriga etib borganimdan keyin ushbu masalaga oydinlik kiritamiz.

- Bizdagi malumotlarga qaraganda, sizga Rossiya Premer-ligasi klublaridan takliflar bo'layotgan ekan. Bu malumotni tasdiqlaysizmi?

- Inkor etmayman. Keling, taklif emas, qiziqishlar deb ataylik. O'sha klublar «Anji» jamoasiga rasmiy taklif jo'natganidan keyingina bu haqda gaplashish mumkin. Ungacha gap-so'zlar mish-mishga o'xshab qolaveradi.

- Pulni o'ylaganlar arab klublaridan tushgan taklifni qabul qilishadi. Futbolchi sifatida o'sishni xohlaganlar kamroq maosh bilan vaqtincha kifoyalanib, Rossiya yoki Evropaning boshqa jamoa­lariga yo'l olishadi.

Siz hozircha ikkinchi variantni tanladingiz. So'ramoqchi bo'lganim, bu ananaga yangi mavsumda ham sodiq qolasizmi?

- Hozirdan bir narsa deya olmayman. SHartnoma bo'yicha yana bir yil «Anji»da o'ynashim kerak. Men bilan qiziqayotgan klublar orasida arab jamoalari ham yo'q emas. Lekin Evropa futboli arab futbolidan har tomonlama kuchli.

Buni qisqa muddat ichida o'zim Rossiya chempionatida o'ynash orqali sezdim. To'g'ri, Premer-ligada o'ynash qiyin, lekin mehnat qilsangiz, barcha qiyinchiliklarni engib o'tish mumkin. Men ham shunga intilyapman. Legionerlarga oson bo'lmasligini boshimdan o'tkazganimdan so'ng tushunib etdim. Faqat o'z kuchingiz bilan asosiy tarkibga kirishingiz mumkin.

- Murabbiylar bilan til topisha oldingizmi?

- Bu masalada hech qanday muammo yo'q. Futbolning tili bir. Murabbiy ko'rsatmalarini to'g'ri va to'liq bajarsangiz, sizdan yaxshi futbolchi yo'q.

Yaxshi tomoni, legionerlarni inobatga olmasangiz, deyarli hamma rus tilida gaplashadi. Muhimi, til masalasida ham qiyinchilikka duch kelmadim.

- Qaerda yashayapsiz? Klub bazasidami?

- Yo'q. Alohida uy berishgan. O'sha erda yashayapman.

- O'zbekiston Superligasini kuzatib borishning iloji bo'lyaptimi?

- Internet orqali o'yinlarni ko'rib boryapman. Superliga o'z nomiga munosib tarzda o'tmoqda. Har bir turda kutilmagan natijalar qayd etilyapti. Kuchli oltilikka kirish uchun keskin kurash kechmoqda. Hozirgi holat va turnir jadvali nuqtai nazaridan olib qarasak, amaldagi chempion «Lokomotiv» ham hatto kuchli oltilikka kira olmasligi mumkin. SHu bois, oldinda muxlislarni yanada kutilmagan natijalarga boy o'yinlar kutib turganiga ishonchim komil.

- Qaysi klubga muxlislik qilasiz? Kumiringiz bormi?

- Aniq bir futbolchi yoki klubga muxlislik qilmayman. CHiroyli o'yin tarafdoriman. Jozibali futbol ko'rsatadigan har qanday jamoaga muxlislik qilaveraman.

- Siz 2015 yili Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgansiz. Nima uchun o'shanda Dehlida o'tgan taqdirlash marosimiga bormagansiz?

- Bilmadim, bizga hech kim indamagandi. Sovrin yutganimni internet orqali bilganman. Nimaga bormaganimni o'zim ham bilmayman. Keyin yanvar oyida Qatarda o'tgan U-23 Osiyo chempionati vaqtida OFK vakili menga ushbu sovrinni topshirgandi. Bu natija bilan to'xtab qolmoqchi emasman. Harakat qilib, katta yutuqlarga erishishga intilaman.

- Rossiyaning «Rostov» klubida o'ynayotgan do'stingiz Eldor SHomurodov haqida nima deya olasiz?

- Eldor shaxsan men uchun eng yaxshi futbolchilardan biri. U hali o'z so'zini aytadi. Oxirgi o'yinlarning birida «dubl»ga ham erishdi. «Rostov»da unga kam vaqt berishdi.

SHunga qaramay, Eldor o'sha fursatdan ham unumli foydalanishga intilyapti. Kelasi mavsum jamoasida qolsa, asosiy tarkib futbolchisiga aylanishiga ishonaman.


Manaba: "Interfutbol" gazetasi

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика