So’nggi yangiliklar

08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  3 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  15 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  4 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  5 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  4 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  3 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  1 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1

Diyorbek Mirzaboev: “Mashal”da profesionallar ishlashadi” Yangiliklar

Diyorbek Mirzaboev: “Mashal”da profesionallar ishlashadi”

Teglar :  Mashal
“Millionlar o'yini”da nom qozongan murabbiylarning aksariyati o'z faoliyatini bolalar futboli orqali boshlashgan.

Lekin hamma mutaxassislar ham yosh futbolchilar bilan ishlashni xohlashmaydi. SHunday murabbiylar borki, klubda faolyatini boshlashi bilan darhol unga kerakli bo'lgan yulduz futbolchilarning ro'yxatini taqdim etadi. CHunki, ularga yosh futbolchilardan ko'ra, tajribali o'yinchilar bilan ishlash osonroq-da.

Ammo shunday murabbiylar borki, ular yulduzlarsiz yaxshi jamoani shakllantira olishadi. Diyorbek Mirzaboev ham shunday mutaxassislar sarasiga kiradi. Farg'onalik murabbiy faoliyati davomida yoshlar bilan ishlab yaxshi natijalarga erishgan. Ayni damda “Mashal-2” jamoasini boshqarayotgan 32 yoshli mutaxassis birinchi liganing eng yosh murabbiyi bo'lib turibdi. Muborakliklar ham mavsumni yomon o'tkazishayotgani yo'q.

Diyorbek Mirzaboevning Farg'onaga kelganidan unumli foydalanib u bilan qisqacha suhbatlashdik.

- Diyorbek, Farg'onada yaxshi bir jamoani shakllantirib, uni viloyat chempioni qilganingiz va bir qator sovrinlarni qo'lga kiritganingizni bilamiz. Joriy mavsumda esa “Mashal-2”da ish boshladingiz. Muborakka borish tarixi bilan o'rtoqlashsangiz?
- Mavsum boshida “Mashal-2”dan taklif tushdi. Ular malum vaqt mening faoliyatimni o'rganishgan ekan. Klub rahbariyati, xususan, jamoa boshlig'i Ilhom Qurbonovning o'zi meni jamoaga taklif etdi. SHu tariqa, “Mashal-2”da ish boshladim. Kezi kelganda shuni aytishim joizki, klub rahbariyati menga katta ishonch bildirgani uchun ulardan minnatdorman. Birinchi liganing eng yosh murabbiyi bo'lishimga qaramay, klub rahbariyati menga ishonch bildirib, meni qo'llab-quvvatlab kelishmoqda.

- “Mashal-2”da qisqa faoliyatingiz haqida gapirib o'tsangiz?
- Avvalo shu takidlashni istardimki, men professional murabbiy sifatida bor kuchimni “Mashal”ga berishga tayyorman. Men jamoaning haqiqiy muxlisman. Uning g'alabalaridan xursand bo'laman.

“Mashal-2” haqida gapiradigan bo'lsam, bu erda ahil bir jamoa shakllangan. Jamoaning asl maqsadi – “Mashal”ning Oliy liga va o'rinbosarlari, shuningdek, O'zbekiston terma jamoalariga futbolchi etkazib berishdir.

“Mashal” klubining akademiyasi mamlakatimizda o'z nomiga ega desam mubolag'a bo'lmaydi. Lutfulla To'raev, Fozil Musaev, Sanjar Quvvatov, Sardor Rahmonov, SHahzod SHaymanov kabi O'zbekistonning eng ko'zga ko'ringan futbolchilari aynan mana shu dargohda tahsil olishgan. Bundan keyin ham bu erdan yulduz futbolchilar etishib chiqishiga ishonaman.

To'g'ri futbolda natija ham kerak. Ayniqsa yosh futbolchilarda aynan shu g'alabalar orqali o'ziga bo'lgan ishonch ortib boradi.

- Siz birinchi liganing eng yosh murabbiyi bo'lib turibsiz. Birinchi liga borasida qanday fikrlarni bildira olasiz.
- Birinchi liga o'yinlari shiddatli tarzda kechishi hammaga ayon. Ayniqsa, joriy mavsumda Oliy liga yo'llanmasi uchun kurash juda qizg'in kechmoqda. Jamoamiz ham musobaqada imkon qadar yaxshi natija qayd etishga harakat qilmoqda.

Menga akademiyaning tajribali mutaxassislari Dilshod Andaev va Zoir To'raqulovlar yordam berish kelishmoqda. Biz barchamiz bir jamoa sifatida o'zbek futbolida yangi yulduzlarni kashf etish borasida eng shimarib ishga kirishganmiz. Bu borada bizda barcha sharoitlar etarli.

- “Mashal” bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov sizlarning mashg'ulotlaringizni ko'zatib boradimi?
- Yuqorida aytib o'tganimdek, bizning asosiy maqsadimiz – “Mashal”ga futbolchi etkazib borishdir. SHunday ekan,  Aleksandr Xomyakov jamoamizga befarq emas. O'z navbatida biz ham  “Mashal” bosh murabbiyi bilan maslahatlashgan holda faoliyat olib boramiz. O'yinchilarimizni ushbu murabbiy falsafasiga mos ravishda tarbiyalab boramiz.

Yana bir gap “Mashal”da hamma o'z ishining professionalidir. SHofyordan tortib klub rahbarlariga qadar. Barcha-barcha o'z ishining o'stasi.  

- Tan olish lozim, siz yosh futbolchilar bilan ishlab yaxshi natijalarga erishgansiz. Lekin hamma murabbiy ham yoshlar bilan shug'ullanishni xohlamaydi.
- O'zingiz takidlab o'tganingizdek menga yoshlar bilan ishlash yoqadi. Ayrimlar yulduz futbolchilar bilan ishlash osonroq deyishadi. Menda esa buning aksi. “Mashal-2”ning falsafasi menga juda mos keladi. “Mashal-2”dan bo'lajak yulduzlarining porlab chiqishini istayman va bu borda tinimsiz mehnat qilishga tayyorman.



Muallifdan
Ayni damga kelib, Diyorbek Mirzaboevning ko'plab shogirdlari Oliy va yoshlar ligasida to'p surayotganini aytish o'rinli. Masalan, “Neftchi” safida to'p surayotgan Xurshid Asqaraliev, Islom Toshpo'latov, Ibrohim No'monov, Elomon Karimov,  Mirjamol Nematov, SHodiyor Xojimatov shular jumlasidandir.
Bundan bir necha yil oldin Diyorbek Mirzaboev “FarDU-Futbol info” jamoasi bilan yuqori natijalarga erishgan.

Malumot uchun:
Diyorbek Mirzaboev 1985 yil 16 may kuni Farg'ona shaxrida tavallud topgan. Farg'ona futbol internatida tarbiyalanuvchisi.
Futbolchilik faoliyati davomida
2002 yil “Cementchi” futbol klubida o'zining debyut  o'yinini o'tkazgan
2004-2005 yillarda “Paxtakor” o'rinbosarlari safida to'p surgan.
2006-2007 yillar “NBU-Osiyo” safida faoliyatini davom ettirgan va 2008 yil “SHahrixon”klubida o'ynagan.

Murabbiylik faoliyati:
2009-2014 yillarda Farg'ona futbol maktibida murabbiy bo'lib ishlagan.
2013-2015 yillar davomida “FarDU-Futbol info” jamoasida bosh murabbiy bo'lgan. SHuningdek, “Neftchi” o'rinbosarlarida ham ishlagan.
2016 yilda “Roshidon FK” klubini boshqargan.

Erishgan yutuqlari
2015 yil – “FarDU- Futbol info” jamoasi bilan Farg'ona viloyati chempioni, viloyat kubogi sohibiga aylangan.

Abror Dehqonov suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика