Diyora Xabibullaeva: "Finalda bor imkoniyatimizni ishga solamiz"
04 dek 2020 19:35
Yangiliklar


Diyora Xabibullaeva: "Finalda bor imkoniyatimizni ishga solamiz"
Unda Jizzaxning “So'g'diyona-W” hamda “Bunyodkor-W” jamoalari o'zaro bahs olib boradi. Bo'lajak uchrashuv oldidan jizzaxliklar etakchisi Diyoraxon Xabibullaeva o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Guruh bosqichini mag'lubiyatsiz yakunlab, final yo'lanmasini qo'lga kiritdik. “So'g'diyona-W” jamoasi qisqa vaqt ichida ikkinchi marotaba O'zbekiston kubogi finalida ishtirok etadi. Buni biz uchun va albatta Jizzax ahli uchun katta g'urur va yutuq deb bilamiz.
Kubok bahslarini o'tkazish uchun bo'lib o'tgan qura tashlash marosimida final mezboni sifatida aynan “So'g'diyona” markaziy stadioni chiqqanidan xursand bo'ldik. O'z uyimizda o'zimizga bo'lgan ishonch, masuliyat yanada oshadi. Final o'yiniga har taraflama tayyormiz, bo'lajak uchrashuvda bor imkoniyatimizni ishga solamiz”, - dedi Xabibullaeva.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar