Diyor Turopov: "Raqib erkin o'ynashimizga imkon bermadi"
21 jan 2020 19:32
Yangiliklar
Diyor Turopov: "Raqib erkin o'ynashimizga imkon bermadi"
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bugun OCHL saralash bosqichida Tojikistonning "Istiqlol" klubiga mag'lubiyatga uchradi.
O'yindan so'ng Diyor Turopov mikst-zonada o'z fikrlarini bildirdi.
"Umuman olganda yaxshi o'yin bo'ldi. Afsus, natija bizning foydamizga ishlamadi. Birinchi bo'limda raqib qarshi hujumda harakat qildi. Xato qilishimizni kutishdi. Ochilib erkin o'ynashimizga imkon berishmadi.
Jamoa jismonan tayyormidi? Mavsum boshidagi ilk rasmiy o'yin bo'lgani uchun qaerdadir kuchimiz etmadi. Bu yil jamoamiz yangidan shakllanmoqda. Tarkibda o'zgarishlar ko'p bo'ldi. To'p uzatishlarda ko'p uzilishlar kuzatildi. Xatolar ustida ishlaymiz", - dedi Diyor Turopov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Тьерри Анри Винисиус билан боғлиқ ирқчилик ҳодисаси ҳақида: "Мен "Реал"ни ёқтирмайман, лекин бугун мадридистман"
Винисиус кечаги воқелардан сўнг баёнет билан чиқди
Расман: УЕФА "Бенфика" — "Реал" ўйинидаги ирқчилик можароси бўйича суриштирув бошлади
Fikrlar