So’nggi yangiliklar

23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  3 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  6 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  2 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  5 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  2 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  23 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   8 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1

Diyor Rahimqulovning xotirasiga bag'ishlangan FOTOMAQOLA Yangiliklar

Diyor Rahimqulovning xotirasiga bag'ishlangan FOTOMAQOLA

Xabaringiz bor, o'zbekistonlik 19 yoshli futbolchi Diyor Rahimqulov 2021 yil 11 dekabr kuni avtohalokatda vafot etgan edi.

Kecha "Championat.asia"ning yutub platformasida rahmatli Diyorning yorqin xotirasiga bag'ishlangan video chiqdi. Unda saytimiz bosh muharriri Narzulla Saydullaev Diyorning birinchi murabbiyi Sergey CHigodaev, O'zbekiston OTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze, uning do'stlari Jasur Jaloliddinov, Otabek Jo'raqo'ziev, Abubakr Rizo Turdialiev, Farruhbek Muxtorov va Abdurauf Bo'rievlar bilan suhbatlashgan. Ana shu videoni kechadan beri bir necha bor ko'rib chiqdim. Har gal video davomida ko'zga yosh kelmoqda. Ajoyib iqtidorlarimizdan biri oramizda endi yo'q. Uning ajoyib do'stlari borligiga amin bo'lishingiz mumkin. Jamoadagi yigitlarning o'zaro bunday ahilligi tahsinga loyiq. Olimpiya terma jamoamiz 2022 yil Toshkentda o'tadigan U-23 Osiyo chempionatida g'olib chiqmoqchi va oltin medalni Rahimqulovning ota-onasiga olib borishmoqchiligini aytib o'tishdi. Ushbu terma jamoamizga bunday ortiq motivaciya berolmaysiz. Bu voqelik ularga doimo qo'shimcha kuch berib turadi. Diyorning do'stlari qadrdonlari uchun ham harakat qilishlarini takidlashdi. Juda ham tasirli gaplar...

Bugun O'FA va PFLning yil yakunlariga bag'ishlangan eng yaxshilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi. Ochig'i, bugun ana shu tadbir davomida Diyor Rahimqulovni ham yodga olib o'tishlarini kutyapman. Zero, u ortda qolgan mavsum PFL o'tkazadigan Superligada 20ta o'yin o'tkazib bittadan gol urgan va golli pas bergandi. Oktyabr oyining oxiri va noyabr oyining boshida Toshkentda o'tkazilgan U-23 Osiyo chempionati saralashida esa Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-21 terma jamoasi tarkibida har uchchala turda ham maydonga tushgan va bitta gol ham urgandi.

Ushbu videoni tayyorlash g'oyasini ilgari surgan va uni o'zi amalga oshirgan Narzullaga ham minnatdorchilik bilidirib ketishni lozim topdim. Videoni qayta-qayta ko'rib Diyorjonning U-23 Osiyo chempionati saralashi doirasidagi uchta o'yinidan o'zim olgan suratlarni bitta sahifada o'quvchilarga taqdim etishni lozim topdim. Bu yigit professional faoliyatini boshlaganiga bor yo'g'i bir yil bo'lgandi. SHu sabab, suratlari ko'p emas. Timur Kapadze jamoasidagi 3 bellashuvdagi suratlar bilan Diyorni yana bir bor yodga olamiz. Dastlab suratlarni oq-qora qilib berishni o'yladim. Ammo, uning yorqin xotirasini eslash uchun rasmlarni oq-qora qilmaslikka qaror qildim. Hamma suratlar rangli holatida, boricha taqdim etiladi...

Timur Kapadze Toshkentda o'tadigan U-23 Osiyo chempionatida g'alaba qozonishni va oltin medalni Diyorning ota-onasiga olib borishni niyat qildik deb aytib o'tdi.


Diyor Rahimqulov U-23 terma jamoasida 20-raqamda to'p tepgandi.


Diyor "podkat" bilan to'pni raqibdan olib qo'yayotgan vaziyat.

Diyorjon butsasining iplari bo'shab ketgan darvozadagi jamoadoshi Hamidullo Abdunabievga yordamlashmoqda. Yaxshi sherik, ajoyib do'st...


Jasur Jaloliddinovning pasidan keyin gol urgan Diyorning quvonchi.


Ikki do'st Jaloliddinovning jarimadan kiritgan golini nishonlayotgan lahza...


Doim tabassum qilib yuradigan o'zbek o'g'loni bugun oramizda yo'q...


Diyor Rahimqulov Bangladeshga qarshi o'yinda bir necha daqiqa maydonda jamoa sardori bo'lib o'ynashga ham ulgurgandi.


SHuncha do'stlari va murabbiylari faqat maqtab o'tgan Diyorni tarbiya qilib voyaga etkazgan ota-onasiga rahmat!


Diyorning "Andijon"dagi suratlaridan ham qo'yishni lozim topdim. "Andijon"dagi rasmlari muallifi - Jahongir Fayzullaev.


"Bunyodkor" akademiyasida Diyor Rahimqulov (20), Otabek Jo'raqo'ziev (11) va Jasur Jaloliddinov (10)lar bitta xonada yashagan. Qadrdon do'stlar golni birga nishonlashayotgan kadr.


Diyor ikki qadrdon do'stini tashlab boqiy hayot sari ketdi...


Alloh rahmatiga olgan bo'lsin! Yaqinlaring bilan jannatlarda diydorlashish nasib etsin!

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика