So’nggi yangiliklar

11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  0 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  2 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  3 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  4 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  1 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  1 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Пахтакор" билан шартнома имзолади  8 00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  4 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  12 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  22

Diyor Imomxo'jaev "Xorazm" - "Mashal" uchrashuvi oxirida aslida nima bo'lganini aytdi Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev "Xorazm" - "Mashal" uchrashuvi oxirida aslida nima bo'lganini aytdi

Kecha - 13 iyun kuni Xorazmda bo'ldik. Mahalliy jamoa "Mashal"ga qarshi o'yinda ishtirok etdi.

O'yinning 70-daqiqasidan boshlab to'palon boshlandi. Stadionga turli buyumlar uloqtirildi. O'yin yakunida hakamlarga hujum qilishgacha borildi.

O'yin komissari edim. Xavfsizlik masalasida sust ishlandi. Uchrashuv yakuniga etganidan keyin ham mingga yaqin muxlis hakamlarni kutib, stadionni tark etmadi. Hakamlar xavfsiz hududga o'tkazilmagunicha tinchimiz yo'q edi. Oxirida muxlislar bilan tushuntirish ishlarini olib borishga ham to'g'ri keldi. Bir tomonda o'zim, boshqa tomonda Xayrulla Hamidov. Tushunaman, biz borganimiz uchun ham odamlar ichidagi dardni to'kib solishni istadi. Ular yillar davomida yig'ilib kelgan etirozlarini qandaydir 5-10 daqiqada chiqarib tashlashni istadi. Biroq buning iloji yo'q. Odamlar olamonga aylanganida, ularni tartibga keltirish imkonsiz.

Muxlislar bilan gaplashganimizdan keyin ular stadionni tark eta boshladi. Ayrim nashrlarda yozilgani kabi hakamlarni echinish xonasida hech kim urgani yo'q, bularning bari bo'hton. Biroq stadionning o'zida ularni ayab o'tirishmadi. Otilgan buyumlar ulargacha etib bordi, aytganimdek, 4-5 kishi maydonga yugurib chiqib, ularga tashlanishga ham ulgurdi. Bularning bari komissar raportida ham, inspektor raportida ham o'z ifodasini topgan.

Futbol qoidalaridan xabardor inson borki, komissar uchrashuv o'tkazilishi uchun masul ekanini biladi. "Xorazm" klubi tibbiy yordam, o't o'chirish, xavfsizlik masalalarini o'z vaqtida taminlab berdi. Komissar ham, boshqasi ham o'yinni o'rtasida hakamlarni maydondan haydab chiqarish yoki almashtirish huquqiga ega emas. Ular nohaq bo'lsa, ishini ko'rib chiqadigan qo'mita bor. O'yin yakuniga etgach, xavfsiz uchun javobgar tomonning ishi qiyin bo'ldi. Stadionga buyumlar uloqtirilgan vaqtda o'yin to'xtatildi, shundan keyin stadion tartibga keldi. Biroq o'yin yakuniga etganidan keyin mehmon jamoa ham, hakamlar ham odamlar nafratidan jabr ko'rdi. Muxlislar stadionni tark etishni istamadi.


Video. "Xorazm" - "Mashal". Uchrashuvidan keyingi voqealar aks etgan video tarqaldi 


Besh qo'l barobar emas. Vaziyatni tushunadigan, olamonning ishi noto'g'ri ekanini qayd etayotgan va ularni tinchlantirishga ko'mak bergan xorazmliklarga minnatdorchiligimni bildiraman. Hakamlar ham, inspektor ham o'z manziliga eson-omon etib oldi, o'yinni o'tkazish uchun masul sifatida uni o'tkazdim. Biroq buyog'iga organ hodimlari ham vaziyatni o'rganib chiqishi kerak. CHunki bu kabi ishlar yana takrorlanishi mumkin. SHuningdek, O'FA ham bu kabi illatga qarshi jiddiy kurashishi shart.

P.S. Xorazmga birinchi borishim edi, esda qoladigan bo'ldi. Olimpiya stadioni uchun hukumat pul topib beribdi, stadionda ish ketyapti. "Lokomotiv" stadioni maysasi uchun javobgar shaxslar bilan ko'rishdik. Akademiya uchun joy yaxshi, klub bazasi haqida ham o'ylash kerak. Hokim futbolga ko'p ham qiziqmaydi, shundan kelib chiqib bu klubning ham yaxshiroq homiysi bo'lsa, balki "Xorazm" avvalgi mavqesini tiklab olar. Kechagi to'palon sabab stadionda ancha qolib ketdik. SHuning uchun trolleybusga chiqish rejasi o'xshamadi.

Bazi nashrlardan xabar yozayotganda surishtiruv o'tkazishni iltimos qilardim. OAV o'zi berayotgan noto'g'ri axborot uchun javobgar ekanini unutmasligi kerak. Qolaversa, OAV vakillari meni ham, Hamidovni ham yaxshi tanishadi va bemalol topa olishardi. Kecha Xorazmda ekanimizni ham yaxshi bilishardi. Rasmiy shaxslardan qandaydir axborotni tekshirib olish qiyin emas, jurnalist etikasiga rosa mos tushadigan ish", - deb yozdi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.

Reyting: -62   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика