So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Diyor Imomxo'jaev: Olimpiyachilarda sug'ur kuni. Biz xatodan xulosa chiqarganmizmi? Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: Olimpiyachilarda sug'ur kuni. Biz xatodan xulosa chiqarganmizmi?

Teglar :  O'zbekiston OTJ
Bugun 2015 yildagi voqealar yodga olinadigan kun.

Xullas, Tohir SHamsutdinov degan yigitimiz koreyalik futbolchining yuziga Tailandda 2-3 musht tushirgan, keyin bizdagi futbol jamoatchiligi shokka tushgandi. Oqibat bosh murabbiy SHuhrat Maqsudovning ishiga tasir qildi va olimpiyachilar Baxtiyor Ashurmatovga ishonib topshirildi.

Murabbiy o'zgardimi? O'zgardi.

Davrimizga kelib biroz boshqacharoq bo'ldi. Jasur Abduraimovning yoshlari Bahraynda juda chiroyli o'ynab yubordi. JCH yo'llanmasi qo'lga kiritilmagan bo'lsa-da, o'yin ko'pchilikka yoqdi. Bu holat murabbiyni O'zbekiston U23 termasiga etakladi. Qolgani “Paxtakor”dagi o'zgarishlarga ulanib ketdi. Yangi rahbariyat Ravshan Haydarovni bo'shatdi, O'FF esa Jasur Abduraimovni. Asqar Tolibjonov javobgar tashkilot esa uzoq o'ylanib o'tirmay, Abduraimovning jamoasini Haydarovga berdi.

Murabbiy yana o'zgardimi? O'zgardi. O'xshashlik bor.

Keyinroq Rioga borishi kerak bo'lgan jamoaning yurak urishi og'irlashib qoldi. SHundan kelib chiqib, Baxtiyor Ashurmatov bo'shatildi va Viktor Jalilov unga javobgar bo'ldi. 2015 yilning sentyabr oyida O'zbekiston olimpiyachilari Slovakiyadagi turnirda ishtirok etishi kerak bo'lib qoldi. Buni qarangki, Samvel Babayanning yordamchisi bo'lgan Viktor Jalilov Slovakiyaga bora olmasdi. CHunki O'zbekiston milliy terma jamoasini 5 kunlik farq bilan Yaman va Filippinga qarshi o'yinlar kutib turgandi. Vaziyat oddiy hal qilindi, Dilshod Nuraliev olimpiyachilarni olib Slovakiyaga etdi, shu jamoaning bosh murabbiyi Jalilov esa Babayan bilan qoldi.

Murabbiy ulgurmadimi? Ulgurmadi.

Davrimizga kelib Ravshan Haydarovda ham shunday bo'ldi. Olimpiyachilar Xitoy bilan o'yinga borishi kerak bo'lib qoldi. Buni qarangki, Samvel Babayanning yordamchisi bo'lgan Ravshan Haydarov Xitoyga bora olmasdi. CHunki O'zbekiston milliy terma jamoasini Eronga qarshi o'yin kutib turgandi. Vaziyat oddiy hal qilindi, Aleksandr Mochinov olimpiyachilarni olib Xitoyga etdi, shu jamoaning bosh murabbiyi Haydarov esa Babayan bilan qoldi.

Murabbiy yana ulgurmadimi? Ulgurmadi.

“Sovpadenie? Ne dumayu...” Hammasi Samvel Babayanning xohish va irodasiga bog'liq holatlar. Keyinroq uning o'zi O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga javobgar bo'lib, Osiyo chempionatining guruh bosqichidan chiqa olmagan va O'zbekiston futboli uchun Rio eshiklari yopilgandi. O'xshashlik shu fonda davom etmasligiga hech kim kafolat bermaydi. Ikki yil avval Viktor Jalilov o'z o'rnini Babayanga qanday bo'shatgan bo'lsa, Haydarov ham shunday qilishi mumkin emasmi? Menimcha, mumukin. Maqolani o'qishda davom eting.

Baxtiyor Ashurmatov ikki yil oldin saralashda Hindistonni 2:0, Bangladeshni 4:0 ga yutgan, Suriya esa xuddi shu raqiblarning har ikkalasini ham 4:0 hisobida mag'lub etgandi. Hal qiluvchi o'yinga suriyaliklar to'plar nisbatidagi ustunlik bilan keldi. Ularga ham, O'zbekistonga ham durang etarli edi. Ammo O'zbekiston mag'lub bo'ldi - 1:2. Bu ahvolimizni og'irlashtirdi: saralashdan o'ta olmasak-a?

Baxtimizga “B” guruhi o'yinlari martda emas, mayda bo'ldi. Adashmasam, Asqar Tolibjonovning shaxsan o'zi saralashning so'nggi guruhi o'yinlarini tomosha qilish uchun Amirliklarga uchib ketdi. Agar Qirg'iziston Kuvayt bilan durang o'ynab bermaganida, so'nggi turda Iordaniya qahramonlik ko'rsatmaganida, hammasi tamom edi. Mana shu termalar bizni Osiyo chempionatiga olib chiqdi. Biz bir amallab beshinchi jamoa bo'lib olgandik.



Ravshan Haydarov saralashda Livanni 3:1, Nepalni 2:0 ga yutdi, BAA esa xuddi shu raqiblarning har ikkalasiga umumiy ko'proq gol urdi. Bugun bo'lib o'tadigan hal qiluvchi o'yinga mezbon BAA futbolchilari to'plar nisbatidagi ustunlik bilan keldi. Bugun ularga ham, O'zbekistonga ham durang etarli bo'lishi mumkin. Xo'sh, bu safar xatoni takrorlaymizmi? Yoki yuqoridagilar kabi sug'ur kuni davom etadimi?

Baxtimizga qolgan guruhi o'yinlari bizdan kechroq boshlandi. SHu ketishda Asqar Tolibjonovning shaxsan o'zi saralashning so'nggi guruhi o'yinlarini tomosha qilish uchun qaysidir mamlakatga uchib ketmasa bo'ldi. Kuchli bo'lsak, hammasini o'zimiz hal qilishimiz kerak. Yo'qsa, Qirg'iziston, Iordaniya, Hindiston yordamiga suyanib, tasodiflarga sarmast bo'lishda davom etamiz.

Xato qilish ayb emas. Xato takrorlash - ayb. Biz ikki yil avvalgi muvaffaqiyatsizlikdan keyin ham bugungi jamoaga deyarli o'shanday munosabatda bo'ldik. Bunda gap Olimpiada yo'llanmasi bor yoki yo'qligida emas. Gap moziyga qaytib ish ko'rmasligimizda.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика