So’nggi yangiliklar

14:10Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз"  0 13:54"Динамо" бир киши кам бўлиб "Қўқон-1912"ни ютган учрашувдан галерея  2 13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  0 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  0 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  2 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  8 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  1 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  0 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  6 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  10 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0 09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  1 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9

Diyor Imomxo'jaev: "OCHL guruh bosqichi o'yinlari "Lokomotiv", "Bunyodkor" va "Jar" stadionlarida o'tishi mumkin" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "OCHL guruh bosqichi o'yinlari "Lokomotiv", "Bunyodkor" va "Jar" stadionlarida o'tishi mumkin"

Teglar :  OCHL-2021
CHempionlar ligasi sharq mintaqasi jamoalarining markazlashgan musobaqasiga Toshkent mezbonlik qilishi mumkinligi borasida xabar chiqdi.

Bu masalani bir necha haftadan buyon muhokama qilamiz. Unga ko'ra, biz faqatgina 1 ta guruh uchrashuvlarini qabul qilishimiz mumkin. SHunda ham o'yinlar "Lokomotiv", "Bunyodkor" va "Jar" stadionlarida o'tsa. CHunki "Paxtakor" va AGMK CHempionlar ligasida o'ynadi, ularning qoldirilgan uchrashuvlari bor. Yuqoridagi uch stadion variantida esa faqatgina "Bunyodkor" — "Qizilqum" o'yini ketma-ketligini almashtirsak bo'ldi. Yani, birinchi uchrashuv Navoiyda o'tadi, keyin "Qizilqum" kuzda Toshkentga keladi.

Biroq bunga jamoalar — "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Olimpik" ham rozi bo'lishi kerak. Bir tarafdan ular stadionlar uchun pul ishlab oladi. Qolaversa, mehmonxonalarimiz ham katta delegaciyani qabul qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Mutaxassislarimiz uchun xalqaro tajriba tayyor. Ammo ikki guruh bizni qiynab qo'yadi. CHunki o'yinlardan tashqari mashg'ulotlar haqida ham o'ylash lozim. Misol uchun "Jar" stadioni yoritish tizimi hozir talab darajasida emas, "Olimpik" klubi projektorlarni 1 iyulga qadar to'g'rilashi haqida malumot bergan.

Bundan tashqari uchrashuvlar translyaciyasi masalasini ham puxta o'ylash kerak bo'ladi. Ikkita guruh uchrashuvlarini translyaciya qilish qiyin masala. O'zimizning Superliga tashqarida qolib ketishidan manfaatdor emasmiz. CHunki bizning ham homiylar bilan kelishuvlarimiz bor. Bunda OFK translyaciya texnikasini O'zbekistonga alohida olib kiradimi yoki MTRK, UzReport kabi kanallarga suyanadimi, bizda malumot yo'q.

Aslida biz CHempionlar ligasining o'zimizning klublar ishtirok etmaydigan musobaqasidan ko'ra, o'z klublarimiz ishtirok etadiganini qabul qilganimiz yaxshi edi. Ammo "Paxtakor" mezbonlikni istamadi. Mezbonlikni istagan "Nasaf" varianti esa OFK tomonidan maqbul ko'rilmadi, OFK kubogi Tojikistonga berildi", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика