So’nggi yangiliklar

09:08МЮ Антонига нарх белгилади  0 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  5 08:03Суперлига. Бугун 17-тур якунланади  2 07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  0 07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  0 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  1 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  34 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  12 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  7 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  3 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  109

Diyor Imomxo'jaev: "Ming afsuski, Birinchi ligadan ko'p klublar boshqa maqsadda foydalanishadi" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Ming afsuski, Birinchi ligadan ko'p klublar boshqa maqsadda foydalanishadi"

Bugun "Bunyodkor" stadioni anjumanlari zalida O'zPFLning 2021 yilda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti o'tkazildi.

Anjuman qatnashchilari, OAVlar ham o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Xususan Birinchi liga haqidagi savolga O'zPFL direktori Diyor Imomxo'jaev quyidagicha javob berdi. 

- Birinchi liga klublariga talabni jiddiyroq qilsa bo'lmaydimi? 

- Birinchi ligaga talabni kuchaytirsak, klublarni "o'ldirib" qo'ygan bo'lamiz. Qaytanga ularga talabni engillashtiryapmiz. Mazkur chempionat ishtirokchilaridan ayollar, bolalar futboli yoki futzal klubini talab qilmaymiz. Bilasizlar malum vaqt Birinchi liga "karvonsaroy" bo'ldi. Sport, licenziyalash talablari bor. Oldin homiylarni aldashgan. Ularni oldiga boradida, biz o'zimiz pul topamiz, sizdan pul kerak emas, shunchaki klubga homiy bo'lib PFLdan ro'yxatdan o'tib olgunimizgacha turib bering, deydi. Homiylarning nomini qora "otliq" qilgan shu klublarimiz bo'ldi. Birinchi ligaga bu yil o'tgan yilgidan 1-2ta klubni qo'ymaymiz. Oddiy buxgalterlik hisobotini yurgizmayotgan jamoalarga Birinchi ligada joy yo'q. Yani Birinchi liga klubida buxgalterlik hisoboti yurgizilishi kerak. Homiydan kelib tushgan pul futbolchilar, murabbiylarga berilayotgani haqidagi oddiy narsa. Ular qaerdan pul topdi, degan savolga javobni hamma o'z xohishi bo'yicha qabul qilib olsin

Homiylik qilayotgan tashkilotni ham auditorlik tekshiruvidan o'tkazamiz. Rostdan unda futbolga beradigan ortiqcha daromadi bormi? Ming afsuski, birinchi ligadan ko'p klublar boshqa maqsadda foydalanishadi. Ular futbolni rivojlantiramiz, deb intervyu berishadi. Avval o'zimizni o'zimiz rivojlantiraylik. Birinchi ligada totalizator, bukmeyker kompaniyalari bosh mavzu bo'lib qolgan. Bosqichma-bosqich bartaraf qilish yo'llarini izlashimiz lozim. Inspekciya bu borada ishlamoqda. Endilikda shunday o'yinlarda qatnashganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida o'qidim. Bu juda to'g'ri.



Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика