So’nggi yangiliklar

00:50"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси қайдномасига киритмагани маълум бўлди  1 00:32Элдор ва Аббос сафда, Кападзенинг кайфияти чоғ – миллий жамоа машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  6 00:10U-23 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон жойлашган гуруҳнинг иккинчи баҳсида Қирғизистон Кими Меркнинг дубли эвазига Фаластинни енгди  2 23:50Португалия президенти марҳум Диогу Жотани орден билан тақдирлади  1 23:18"Пахтакор" 5 нафар тарбияланувчиси учун 432 миллион сўм олади  0 22:44Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Англияга ютқазди  9 22:25Антони "Бавария" таклифини рад этганини айтди. У "Бетис"га берган сўзида турган  2 21:55"Атлетик" ФИФА Лапортни рўйхатдан ўтказишни рад этганини тасдиқлади  1 21:36Ла Лигада ой мураббий бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди. Флик улар орасида йўқ  8 20:55Ла Лигада август ойининг энг яхши ўйинчиси бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди  3 20:25Равшан Ҳайдаров: "Бутун ўйин давомида устунликка эга бўлдик, тўпни назорат қилдик"  13 19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  107 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  11 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  3 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1

Diyor Imomxo'jaev: Maydonga futbol afsungarlari chiqib kelishyapti Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: Maydonga futbol afsungarlari chiqib kelishyapti

Teglar :  Diyor Imomxo'jaev
Oxirgi vaqtlarda o'zim haqimda ko'p gapirdim, bundan uyalaman, mazur tutasiz.

Sirli sentyabrgacha bir nimalar bilan o'zimni chalg'itayotgan bo'lsam kerak. Dengiz kuchli to'fon oldidan juda sokin tusga kirib olganidek, terma jamoa o'yinlari va saylovlar oldidan futbol dengizi ham tinchroq turgani maqulmikin...

Bugun men undagi mohir dengizchi haqida to'xtalishni istadim. Bungacha sevimli asarim “Graf Monte-Kristo”ni yodga olaman. Uning bosh qahramoni Edmon Dantes bir necha yillik sinovlardan so'ng hayotining mazmuni bo'lgan dengizga qaytib, bundagi sarguzashtlari davomida o'quvchini sehrlab qo'yadi. Xuddi uning kabi Xayrulla Hamidov ham o'z o'rniga qaytdi. Boshqacha bo'lishi mumkin ham emasdi. Muxlislar Hamidovni birinchi galda futbol sharhlovchisi sifatida tanigan, uning o'zi ham millionlar o'yinidan hech qanaqasiga kechib keta olmagan.

Endi men 19 avgust sanasini bir umr yodimdan chiqarmayman. Avvalroq 12 avgustda qizlik bo'lganim, Hamidov ham aynan shu sanada ilk bor otalik baxtiga musharraf bo'lgani haqida yozgandim. 19 avgust kuni Ispaniya safardan qaytib, qizimni ilk bor bag'rimga bosdim. SHu kuni o'sha mashhur ovoz “Sport” telekanalida jarang sochdi - qo'shaloq bayram.

“Futbol plyus” dasturi haqida o'rta yosh ishqibozlar juda yaxshi biladi. O'z vaqtida bu loyiha men qatori minglab muxlislarni ekran qarshisiga “mixlab” qo'ygandi. Tungi futbol o'yinlarining shedevr sharhi esa biz katta bo'lgunimizcha go'yoki ro'yoga o'xshab ketgandi. Endi ular davom etadi. “Maydonga futbol afsungarlari chiqib kelishyapti. Men ularni raqamlarsiz, faqatgina o'sha mashhur maqomlari bilan tanishtiraman. CHunki siz siz ularni yaxshi bilasiz, ularni tanimaslikning o'zi uyat...” Esladingizmi? Mana shu jumlalar endi TVda yana jarang sochadi. Siz bilgan ovoz tungi vaqtda xonadoningizga kirib boradi.

O'tgan yil “CHempion+” nashrida Hamidovning futbol jurnalistlari haqida maqolasi bosilgandi. Bunda gazetada faoliyat olib borayotgan jurnalistlar himoyachilarga, radiodagilar yarim himoyachiga, TVdagilar hujumchiga qiyoslangandi. Men aytayotgan mohir dengizcha o'z vaqtida hujum chizig'ida qator gollar urgan bo'lsa, qaytishni himoyadagi o'yinlari bilan boshladi. Keyinroq “Futbol plyus” loyihasi bilan yarim himoyachiga aylandi. Va nihoyat u o'zining sevimli poziciyasiga qaytdi. Endi muxlislari undan yana chiroyli gollar kutadi, reallikda urilayotgan gollarning go'zal sharhi sari orziqadi.

Endi UzReport va “Sport” o'rtasidagi raqobat yanada jozibali bo'ladi. O'zbekistonlik muxlislar ko'hna qitaning eng oldi futbol uchrashuvlarida o'zbek tilidagi sharhlarga guvoh bo'ladi. Mana endi biroz kamtarroq ko'ringan Italiya va Franciya chempionatlariga ham fayz kiradi. Bu qaytish hammamizning yutug'imiz bo'ladi.

Bir narsani tan olib aytish kerak, o'z vaqtida Axbor Imomxo'jaev turgan cho'qqidan yillar o'tib Davlat aka Turdialiev o'rin olgandi. Bugun mana shu cho'qqi o'zining munosib davomchisini qarshi olgan kun. SHarhlovchilikda Hamidov, Fayziev degan nomlar bor ekan, demak avlodlar almashinuvi maromida davom etgan deb aytsak bo'ladi. Oradan yillar o'tib yuqoridagilarga munosib o'rinbosarlar etishib chiqaveradi deb umid qilaman. Va etishib chiqishi uchun ham mohir dengizchilarning dengizda bo'lgani yaxshi. Axir orzumandlar ulardan ilhomlanadi, o'rganadi, havas qiladi.

Reyting: +59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика