So’nggi yangiliklar

19:07Почеттино "Ньюкасл" бош мураббийига айланиши мумкин  0 18:38Миранчук "Аталанта"дан "Атланта Юнайтед"га ўтди  0 18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 18:00Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:0 (матнли трансляция)  61 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  1 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  23 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  39 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  27 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  2 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  31 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1

Diyor Imomxo'jaev maqolasi: Birinchi parda, ikkinchi ko'rinish: sahna Ravshan Haydarovga muntazir Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev maqolasi: Birinchi parda, ikkinchi ko'rinish: sahna Ravshan Haydarovga muntazir

Ravshan Haydarov uchun sinovli 6 kunning birinchisi boshlandi.

Bugun O'zbekiston U22 qita chempionatining saralashida Livan bilan o'ynaydi. Guruhda mezbon BAA hamda Nepal termalari ham bor. Har ikki kunda 1 tadan o'yin.

U xuddi o'rmon sanitaridek taassurot qoldiradi. Yani, qaysi jamoa chavandozsiz qolib ketsa, tez yordam tayyor - Haydarov. Qishloqdagi to'yga chaqirilgan kattaroq hofiz kelmay qolsa, shu qishloqda navbatchilik uchun doim tayyor turadigan va hammaning medasiga tegib ketgan otarchilar uchligi bo'ladi-ku, deyarli shunday manzara.

Mutaxassisning milliy terma jamoadagi faoliyati asosan shunday o'tgan. Ikki yil avval O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Lushchandan bo'shab qolganida ham Haydarov etib kelgandi. Va mana endi Jasur Abduraimov unga o'rnini bo'shatib ketdi. Nega faqat Haydarov degan savolga javob beradigan odamning o'zi yo'q. Futbol jamoatchiligi Asqar Tolibjonovni ko'rmaganiga yillar to'ldi. Uning kemasi cho'kib ketgani haqida rasman aytilgan. Baxtsiz xodisa sababchilari kim, kema kapitani qaysi qayiqda suzib yuribdi, “Paxtakor”da nima qilib yuribdi degan savollar esa odamlar orasida mish-mishlar keltirib chiqarishdan boshqasiga yarayotgani yo'q.

Men bunda Haydarov qanday ishlagan va qanday natijalar qayd etgani borasida doston yozmoqchi emasman, sizda arxivni varaqlab chiqish imkoniyati ham, Haydarov haqidagi shaxsiy qarashlaringiz ham bor. SHunchaki karom sho'rva qancha vaqt davom etishini eslatib o'taman. Saralash o'yinlaridagi muvaffaqiyatsizlikka ishonish qiyin, raqiblarning hech biri bizdan kuchli emas. Haydarovning baxtiga qarshi, 23 yoshli futbolchilar haqida gap ketganida kimdir yoshi katta yigitlar bilan kelibdi degan bahona umuman o'tmaydi. Bu endi katta futbol.

Qita chempionati 2018 yilning yanvarida Xitoyda bo'lib o'tadi. Demak, Haydarovning o'zi jamoasini Osiyo chempionatiga tayyorlaydi. Bu menga xuddi ikki yil avvalgi manzarani eslatib yuboradi. SHunchaki o'shanda shturval Samvel Babayanga tegishli edi. Osiyo chempionatiga borib, ketma-ket ikki o'yinda Janubiy Koreya va Iroqdan engilganmiz. Guruh bosqichida qolib ketganmiz, Rio-2016 chiptasidan mosuvo bo'lganmiz.

2018 yilgi Osiyo chempionati Olimpiadaga yo'llanma bermaydi. Biroq termaning bugungi shtabi yangi yilning ilk oyida ham shu jamoa bilan bo'lishi katta ehtimol. Tarkibga nazar solsangiz, eng ko'p futbolchi “Nasaf”, “Bunyodkor”, “Paxtakor” kabilardan olinganini ko'rish mumkin. Bu jamoalar 2018 yil katta ehtimol bilan Osiyo CHempionlar ligasining pley-offida to'p suradi. Demak, klublar manfaati termaniki bilan to'qnash keladi. Men ishonamanki, termaning bugungi murabbiylar shtabini klublar kelajagi qiziqtirmaydi va asosiy futbolchilarni terma uchun saralab oladi. Biz uchun hech qanday ahamiyat kasb etmaydigan turnir kimlarningdir manfaati yo'lida ishlashda davom etadi. CHunki qita chempionatiga skautlar keladi, aytaylik, O'zbekistondan ham kimnidir ko'z ostiga olib, shartnoma tuzish ishqida yonib qolishi mumkin.   

Sentyabr oyini intiqlik bilan kutayotganlar va kuzning birinchi oyi O'zbekiston milliy terma jamoasidagi o'zgarishlarga sabab bo'ladi deb o'ylayotganlar bo'lsa, malumot uchun bir narsani eslatib o'taman. Bordi-yu, O'zbekiston to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kirita olmasa ham, katta ehtimol bilan 5 va 10 oktyabr kunlari “B” guruhida uchinchi bo'lgan terma bilan pley-offda o'ynashi mumkin. Qitalararo pley-off esa 6-14 noyabr sanalariga tayin qilingan. Agar O'FF Samvel Babayan ishni oxirigacha o'zi yakunlab qo'yadi degan vadasida tursa, Samvel Babayan bu o'yinlarda ham termani maydonga boshlab chiqaveradi.

Ravshan Haydarovning O'zbekiston U22 termasiga murabbiy bo'lishiga faqatgina shu vajdan qo'shilmaganman. 2018 yilgi musobaqa 2020 yilgisi uchun tayyorgarlik bo'lishi kerak edi deb hisoblayman. CHunki bunda Tokio-2020 uchun chipta o'ynaladi. Yana ikki yil uzoqroqni ko'zlab ish qiladigan tashkilot tabiiyki, Ravshan Haydarovga jamoani ishonib topshirmasdi, menimcha.

Murabbiylar shtabi o'z yo'liga, men futbolchilarimizga omad yor bo'lib, saralashning yuz foizlik natija bilan yakunlashlariga umid bildirib qolaman. Saralashgacha bo'lgan vaqtda, masalan, Xitoy bilan o'yinda ular qiynaldi, klublari bundan aziyat chekdi. Xitoy safari milliy chempionatlarda dam olish vaqti bilan parallel kelmay, ular start olganida tashkil etildi. Eng kulgulisi, Ravshan Haydarovning o'zi Tehronda bo'lib, Xitoyga bora olmadi. Hozir asosiy jilov shu kabi fikrlaydigan kishilar qo'lida. Biz esa uzoqni ko'ra oladigan va o'z manfaatini har narsadan ustun ko'rmaydigan shtab orzusida yashashda davom etamiz.


Diyor Imomxo'jaev

Reyting: +62   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика