So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Diyor Imomxo'jaev: Kuchli murabbiyning oddiy tarkibi kuchlimi yoki oddiy murabbiyning kuchli tarkibi? Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: Kuchli murabbiyning oddiy tarkibi kuchlimi yoki oddiy murabbiyning kuchli tarkibi?

Teglar :  Diyor Imomxo'jaev
Xitoy terma jamoasida 30 yoshiga kelib debyut qilgan Vang Yongpo aytgan fikrlar o'ylantirib qo'ydi.

Lippi futbolchilarga ko'proq hujum qilish va oxirigacha o'ynash kerakligi haqida aytadi. Agar jamoa orqaga yotib olsa, unga yoqmaydi.

Italiya termasini Jahon chempioni qilgan mutaxassis istayotgan falsafaga etibor bering. Bu O'zbekiston termasining bugungi falsafasidan farq qiladi. Eron va Suriyaga qarshi o'yinlar Samvel Babayan taktikasining asl mohiyatini ko'rsatib berdi deyish mumkin. Uning qo'li ostida saviyali ijrochilar bo'lishiga qaramay, mutaxassis kezi kelganda bundan foydalanishga cho'chiydi.

Agar Marchello Lippi o'zbekistonlik futbolchilarni boshqarganida, menimcha uning mushkuloti hozirgisidan ikki marta osonroq bo'lardi. Futbolchilardagi saviya va o'yin sifati borasida O'zbekiston raqibidan anchagina ustun. Buni xitoyliklarning o'zi ham tan olib turibdi. Biz juda Italiyaning yaqiniga yo'lay olmagan taqdirimizda ham, Osiyo Italiyasini yasash Xitoyga nisbatan birmuncha osonroq bo'lardi Lippi uchun.

Bir tarafdan g'alati, Italiya hujumkor futbol namoyish qilmaydi, Lippi esa xitoyliklarga umuman boshqacha gapiryapti. Ammo 2006 yilgi Italiyaning o'yinlariga nazar solsak, jahon chempionlari himoyaga yotib olgandi degan fikrdan umuman uzoqlashib ketamiz. O'shanda Italiya yaratuvchi futbolchilari evaziga o'yin taqdirini hal qilgan, qolgan daqiqlarni esa o'zi istagan ko'rinishda o'tkazish uchun, tempni “o'ldirish” uchun intilgan. SHunday qilmaganida yarim finalda Germaniya, finalda Franciya har jabhada Lippi shogirdlaridan ustunligi evaziga muvaffaqiyat qozonib ketardi. 



Samvel Babayan shu uslubni O'zbekiston milliy terma jamoasida sinab ko'rishga harakat qilib ko'rdi. Biz uchrashuv tempini mana shunday nazorat qilishga urinmoqdamiz. Ammo ijrochilardan foydalana olmasligimiz evaziga bir qator o'yinlarni boy berib qo'ydik. Masalan, Lippi Italiyasi butun mundialni shunday o'tkazib, 3 ta durang bilan guruhni yakunlab qo'yishi ham mumkin edi. Yo'q, italiyaliklar kerak paytda tonnalab zarba berish, chiroyli hujum uyushtirish va gol urishda ham dadil bo'la olgandi. O'zbekistonlik futbolchilarga saralashning hal qiluvchi bosqichida shu narsa etishmadi. Bu uslub aynan Xitoy bilan Toshkentda o'tgan o'yindagina o'zini oqlab, biz ishonchli g'alabaga erishgandik. Biroq raqib ozgina jiddiyroq bo'lganida, Eron darvozasiga bitta ham aniq zarba bera olmagandik.

Men nima demoqchiman, Samvel Babayan qo'li ostida Jeparov, Ahmedov, Rashidov, Masharipov, SHumrodov kabi ijrochilar bor. Ular bizdagi kemtikni yopa olishga qodir futbolchilar. Buning uchun esa murabbiy falsafasi va o'yin uslubi puxta bo'lishi talab etiladi. Lippi mana shunisi bilan raqibidan kuchliroq.

Italiyalik murabbiy 30 yoshigacha mahalliy mutaxassislar etiboriga tushmagan futbolchilarni topyapti. Aynan Vang Yongpo Janubiy Koreya bilan o'yinda g'alaba keltirgan yagona golga mualliflik qilgandi. Xop, Lippida Vu Lei kabi ijrochi bor, deylik. Ammo saviya jihatidan solishtirsa, Lippi harchand ustun bo'lmasin, uning qo'li ostidagi futbolchilar Babayan shogirdlari bilan tenglasha olmaydi, saviyali yigitlari hamkasbinikidan kamroq. Demak, ertaga asosan murabbiylar jangi bo'ladi. Ertaga sarkardalardan kim o'tkirroq bo'lsa, uning jamoasida imkoniyat ko'p bo'ladi.

Suriya va Eronga qarshi o'yinlardagi kabi harakat bilan Xitoyda bir nima qilishimizga ishonib bo'lmaydi. So'nggi ikki turda yuqoridagi kabi ijrochilarni “bo'g'ish” emas, ularga erkin ijod uchun ham qisman sharoit yaratib berish kerakdek tuyulyapti. Xitoy o'z uyida Janubiy Koreyani bejizga taslim qilgani yo'q. Kattagina bosim ostida o'ynashga Lippi ko'nikib ketgan, uning futbolchilari o'z uyida Osiyoning istalgan raqibi bilan kerakli natijaga erishishi mumkin. Koreya va Eron bu mamlakatda gol ura olmagandi. Bizni esa g'alabadan boshqasi qanoatlantirmaydi. Koreya va Erondan gol o'tkazmagan futbolchilar O'zbekistonga qarshi ham shu missiyani uddalash mumkin ekaniga ishontirilsa, ishimiz juda qiyinlashib ketadi.

Xitoy Suriyaga qarshi so'nggi o'yinida 2 ta gol urgan, biz esa umuman to'p kirita olmagandik. CHunki ijrochilarimiz bunda ko'rinmagan, taktika bunga yo'l bermagandi. Ertaga asosiy savolga javob olish mumkin: kuchli tarkib kerakmi yoki kuchli murabbiy. Birinchi jamoada kuchli murabbiy bor, ikkinchi murabbiyda esa kuchli tarkib.



Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика