So’nggi yangiliklar

20:05Расман: "Нефтчи"га қўйилган трансфер тақиқи бекор қилинди  0 19:49Бернарду Силва "Манчестер Сити"нинг "Реал"дан учралган мағлубияти сабабларини айтди  0 19:23"Манчестер Юнайтед" "Реал" ва "Барселона" футболчиларига қизиқмоқда  2 18:58"Барселона" Гринвуд учун курашга киришди  1 18:30Стоунз узоқ муддатга сафдан чиқди  9 18:03Гвардиола нима учун Де Брюйнени "Реал" билан ўйинда майдонга туширмади?  6 17:35Европа Лигаси 1/8 финалига қуръа ташланди: "Рома" "Атлетик" билан, МЮ "Реал Сосьедад" билан рўбарў келади  4 17:21"Сурхон" навбатдаги трансферини эълон қилди  1 16:58"Милан" ўсишдан тўхтаб қолган Леауни сотмоқчи  6 16:32Суперлига 1-тур учрашувларининг бошланиш вақти эълон қилинди. "Пахтакор" – "Машъал" ўйини қолдирилди  41 16:23ЕЧЛ 1/8 финал босқичига қуръа ташланди: "Реал" "Атлетико" билан, "Ливерпуль" ПСЖ билан ўйнайди!  91 16:08Ўзбекистон U-17 терма жамоаси халқаро турнирда 3-ўринни қўлга киритди!  6 15:40​АПЛда ўйновчи 3 марказий ҳимоячи "Реал" шорт-листида  1 14:49"Манчестер Сити" ва "Ливерпуль" "Брайтон" юлдузи учун 115 млн фунт тўламоқчи  6 14:21"Челси" нигериялик ҳужумчига кўз тикди  2

Diyor Imomxo'jaev: "Jamoaga transfer taqiqi qo'yilgan bo'lsa, murabbiy qaysi asosda yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazyapti?" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Jamoaga transfer taqiqi qo'yilgan bo'lsa, murabbiy qaysi asosda yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazyapti?"

Hamma ham kuchli tahlilchi emas. Ammo istalgan odam ortga nazar tashlab, birlamchi xulosalar chiqarishi mumkin.

Futbol muxlislari turli savollar bilan murojaat qilishadi. Ularning hammasiga o'z vaqtida javob berish uchun vaqt yo'q, ammo hech bir savol baribir javobsiz qolib ketmaydi. Pandemiyadan keyin musobaqalarni yakunlash va mana endi yangisini boshlash arafasida ish ko'p. SHuning uchun ham Futbol-TV bilan tanaffus yuzaga keldi. Hozir mavzu bu haqda emas. Mavzu — har qanday muxlis ortga nazar tashlab, bugun bo'layotgan voqealarni muhokama qilib ko'rishida. Bu esa ko'plab savollarga javob topish imkonini beradi.

Birinchi navbatda o'z jamoangiz mavsumni qanday yakunlagani haqida o'ylab ko'ring. Agar kattagina qarzdorlik qolib ketgan bo'lsa, bu nimaning oqibatida kelib chiqqanini mushohada qiling. O'tgan davr davomida jamoangiz poydevorni shakllantirishga ko'proq urg'u berdimi yoki asosiy jamoaning ligadagi o'rni haqida ko'proq o'yladimi?

Jamoangiz safida to'p surgan legioner futbolchilar siz kutgan natijani berdimi? Bermagan bo'lsa bunga kim javobgar? Murabbiy yaxshi selekcioner bo'lmasa, nimaga asoslanib o'sha futbolchilar olib kelindi? Bu futbolchilar uchun qancha pul to'landi-yu, futbol maktabiga, yani, barchamizning farzandlarimizni tarbiya qiladigan makonga qancha sarflandi?

Qandaydir murabbiy jamoaga kelayotgan bo'lsa, shu murabbiy avvalgi klublarida qanday ishlagandi va kimlar bilan ishlagandi? Ular birgalikda o'sha jamoaga nima bergandi? Jamoangizga transfer taqiqi qo'yilgan bo'lsa, u qaysi asosda yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazyapti? Nahotki FIFA taqiqi bilan o'ynashish mumkin bo'lsa?

Siz necha yillardan buyon quyosh nurlari ostida futbol tomosha qilasiz? Nega jamoa muxlislarni yoki futbolchilarni o'ylab, yoritish tizimini yaxshilash haqida o'ylamayapti? Nega Nasaf, Lokomotiv, Paxtakor yoki Navbahor stadionida translyaciyalar chiroyli chiqadi, futbolchilar chiroyli futbol namoyish qiladi? Balki sizning jamoangiz ham maydon chimiga etibor qaratsa, sizda ham mana shunday hujumkor futbollarni ko'rish imkoniyati oshmasmikin?

Biz o'qiyapmiz, yig'inlar boshlanyapti, yig'inlarni hamma chiroyli bo'lgani uchun emas, o'z uyida sharoit kam bo'lgani uchun poytaxtda o'tkazayotgan bo'lishi mumkin. Ertaga shu klublar maydoniga taqiq qo'yilsa, ular biz stadionni yaxshilamagan edik demaydi, ular barcha barmoqlari bilan O'zPFL manzilini ko'rsatadi. Yig'inlarda yana o'sha notanish legionerlar. Vaholanki milliy terma darajasidagi murabbiylar ham ikki yildan buyon tuzukroq legionerni tanlolmaydi, biroq ularda asl jamoaga futbolchi tanlash imkoniyati bor.

Moziyga qaytib ish ko'rish — xayrli. Bizga yillar davomida tariximiz bilan g'ururlanishni o'rgatishdi. Ammo biz tarix g'ururlanish uchun emas, saboq chiqarish uchun ekanini hech tushunib etmayapmiz", - deb yozadi PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 


Eslatib o'tamiz, Legioner futbolchilar bilan muammolari mavjud bo'lgan, buning oqibatida FIFA tomonidan taqiq qo'yilgan klublar xorijiy futbolchi va murabbiylarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi. Ayni paytda "Qo'qon-1912", "Surxon", "Andijon" va "SHo'rtan" klublariga FIFA tomonidan taqiq mavjud. "Bunyodkor" va "Navbahor" klublarining qarzdorlik bilan bog'liq ishi sport arbitraj sudi tomonidan ko'rib chiqilmoqda. "Andijon" klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, legionerlardan qolib ketgan qarzdorliklar to'liq yopilgan.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика