Diyor Imomxo'jaev: "Ikki yulduzli akademiyasi bo'lmagan klub 2021 yilda legioner ro'yxatdan o'tkazmaydi"
08 avg 2020 19:10
Yangiliklar
Diyor Imomxo'jaev: "Ikki yulduzli akademiyasi bo'lmagan klub 2021 yilda legioner ro'yxatdan o'tkazmaydi"
PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev yangi mavsumda klublar oldiga akademiya talabi jiddiy bo'lishini malum qildi.
"Klublar qoshidagi futbol maktablari va akademiyalarini 5 xil ko'rinishda tavsiflab beruvchi reglament tez orada tayyor bo'ladi. Rejamizga ko'ra, kamida ikki yulduzli akademiya talablariga javob bera olmaydigan futbol klublariga 2021 yildan boshlab legioner futbolchilar bilan shartnoma imzolashga ruxsat etilmaydi", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.
Fikrlar