So’nggi yangiliklar

02:40"Рома" яна ютқазди. Бу римликларнинг сўнгги 7 ўйиндаги 6 мағлубияти  0 02:13"Манчестер Сити"да АПЛ чемпиони бўлиш эҳтимоли 4,4% (Opta)  1 01:30Англия Кубогида қуръа бўлиб ўтди. Аморимни жиддий синов кутмоқда  0 01:00Элит Чемпионлар лигаси. "Ал Насср" сўнгги сонияларда ўтказилган гол туфайли мағлуб бўлди (+ЖАДВАЛ)  4 00:30АПЛ клуби сардори камалак боғични тақишни хоҳламади, клубдагилар унинг қарорига қаршилик кўрсатишмади  6 00:19Про лига. Мавсум сарҳисоби, томошабинлар, ТОП голлар ва мураббийлардан сара иқтибослар  1 23:50Леонардо Жардим: "Бир кун келиб миллий терма жамоада ишлашни хоҳлайман. Бу Осиё жамоаси бўлиши мумкин"  2 23:15Элит Чемпионлар лигаси. Машарипов жамоаси қизил карточкадан сўнг ғалабани қўлдан чиқарди  2 22:52Қишки трансфер ойнасида АПЛнинг икки клуби Абдуқодир Ҳусанов учун курашади  22 22:19Амалдаги ОЧЛ чемпиони Тошкентда машғулот ўтказди  0 21:45FIFPro рамзий терма жамоаси учун даъвогарлар номи эълон қилинди  6 21:33Леонарду Жардим "Пахтакор"га қарши баҳс олдидан нималар деди?  5 21:21Суперлига плей-офф ўйинларида ишлайдиган ҳакамлар маълум бўлди  6 21:05Элит ОЧЛ. ​Остон Ўрунов гол урган баҳсда "Персеполис" камбэк намойиш этди  6 20:47Суперлига. 26-турдаги баҳсли вазиятлар юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  0

Diyor Imomxo'jaev halol futbol deganda nimani nazarda tutgandi? Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev halol futbol deganda nimani nazarda tutgandi?

PFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev telegramdagi kanalida post qoldirgandi.

"Futbolchilar uyushmasi bilan hamkorlikda kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashni yangi bosqichga olib chiqish arafasidamiz. Endi hammasi yanada osonroq, talablar esa jiddiyroq. Biz halol futbol tarafdorimiz!", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev.

PFL bosh direktori ushbu postga quyidagi suratni ilova qiladi:

Suratda gap xalqaro professional futbolchilar associaciyasi (FIFPro) egalik qiluvchi Players Red Button (futbolchilarning qizil tugmasi) ilovasi haqida ekanligini anglash mumkin.

Players Red Button nima?

Players Red Button - bu smartfonlarga o'rnatiladigan, faqatgina professional futbolchilar foydalana oladigan ilova. Ilova yordamida futbolchi kelishilgan o'yinlar bilan bog'liq holat yoki malumotlar haqida xavfsiz tarzda xabar berishi mumkin. Ilovadan faqatgina professional futbolchilar foydalana oladi. Futbolchi ilovani o'z mamlakatidagi mahalliy futbol associaciyasidan olishi mumkin bo'ladi. Ilovani o'rnatish jarayonida bir necha xavfsizlikni taminlovchi o'lchovlardan foydalaniladi. Boshqa hech qanday yo'l bilan yoki boshqa hech qaysi joydan Players Red Button ilovasini o'rnatishning iloji yo'q.

Anonimlik kafolatlanadimi?

Agar futbolchi ilovadan anonim tarzda foydalanadigan bo'lsa, u holda undan malumotlarni qabul qilib olgan xodim ushbu malumotlarni jo'natgan inson faqatgina futbolchi ekanligini biladi, xolos. Ilovadan foydalanish juda oson. O'z bayonotingizga foto, hujjatlar, audio va video yozuvlarni ham ilova qilishingiz ham mumkin. Umuman olganda, har bir shikoyat yoki malumot anonim hisoblanadi. Tafsilotlarni aniqlashtirib olish uchun siz bilan bog'lanishlariga imkoniyat yaratishingiz mumkin. Bu esa faqat futbolchining ixtiyorida.

Kimdir siz Players Red Button ilovasidan foydalanganingizni bila oladimi?

Yo'q. Ilova orqali xabar berilgandan so'ng sizning telefoningizda hech qanday iz qolmaydi. Ishonavering, bu narsani Interpol tekshirib chiqqan. Ilovini buzishning, undan biror malumotlarni o'g'irlashning iloji yo'q.


Tanishing, bu Samir Arab. Samir faoliyati boshida Malta U-21 terma jamoasi tarkibida muvaffaqiyatli o'ynab kelardi. 2016 yilda sobiq jamoadoshi uni kafega taklif qiladi. Kafedagi uchrashuvda Samir Arabga Evropa chempionati saralashi doirasida kelishilgan o'yinni tashkillashtirishda yordam berishni so'rashadi. Buning evaziga futbolchiga 3000 evro taklif qilinadi. Samir rozi bo'lmaydi. Policiya ushbu o'yin haqida tezda xabar topadi. Samir Arab policiya bilan hamkorlik ham qiladi. Ammo mahalliy federaciya vakillari Samir Arab kafedagi uchrashuv haqida o'sha paytning o'zida xabar berishi kerakligini iddao qilishadi va futbolchini ikki yilga futboldan chetlatishadi. Samir esa bu ish ortida jinoyatchilar, mafiya vakillari kabi xavfli insonlar turishini bilganligi sabab hech kimga bu haqida malum qila olmaganini aytadi. Futbolchi va FIFPro tashkiloti aynan shunday vaziyatda Players Red Button yordamga kelishini takidlashadi. Agar Samirda o'sha payt Red Button ilovasi bo'lganda, uning faoliyati barbod bo'lmagan bo'lardi.

Albatta, aksariyat davlatlarda, shu jumladan, O'zbekistonda ham malumot xavfsizligi havas qilgudek emas. Kelishilgan o'yinlar haqida xabar bergan futbolchi yoki biror xodimning shaxsi anonim qolishi, uning kelajakda xavfdan holi bo'lishi katta so'roq ostida. Rivojlangan mamlakatlarda kelishilgan o'yinlar va boshqa katta jinoyatlar aksariyat hollarda aynan shu jarayonning ichidagi insonlar tomonidan ochiladi. G'arbda ularni "xabar beruvchilar, hushtak chalishuvchilar" (whisteblower) deb atashadi. Bizda esa bunday insonlarni juda ko'pol tarzda "quloq" deb nomlashadi. Butun bir jamiyatning foydasini o'ylab qilingan ish sabab, o'sha insonning o'zi, aynan o'sha jamiyat tomonidan yakkalab qo'yiladi. Bu esa juda yomon. SHunga o'xshash vaziyatlarning oldini olish maqsadida anonim Players Red Button ilovasi biz uchun juda foydali bo'ladi.


Futbolchi tomonidan jo'natilgan malumotlarga nima bo'ladi?

Har bir mamlakatdagi futbol associaciyasi, xavfsizlik ekspertlari va FIFPro bilan birgalikda qaysi tomon ilovadan jo'natilgan xabarlarni olishi xavfsizroq ekanligini baholashadi. Vaziyatga qarab, policiya va hukumatdagi korrupciyaga qarshi kurash boshqarmalari ham ishga ko'shilishlari mumkin.

FIFPro futbolchilar tomonidan ilovaga jo'natilgan malumotlarni vaziyatga qarab FIFAga jo'natilishi mumkin. FIFAdagi tegishli bo'lim (FIFA Integrity department) esa vaziyat yuzasidan tegishli surishtiruvni o'tkazadi.

Futbolimizda yangilik bo'lishi kutilayotgan Red Button ilovasi haqidagi malumotlar shulardan iborat edi. Bu yangilik futbolimizda kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashda katta yordam berishi kutilmoqda.


SHaxsiy fikr

SHu o'rinda bir fikrni ilgari surmoqchiman. Red Button ilovasining vazifasi kelishilgan o'yinlarlar bilan bog'liq holatlarni aniqlash hisoblanadi. Bu mavjud muammoni to'liq echadimi? Bizda shu paytga qadar eng katta muammo kelishilgan o'yinlarni aniqlashda edimi? Menimcha, yo'q. Esingizda bo'lsa, 2020 yilning oxirlarida O'FA tomonidan kelishilgan o'yinlar bilan bog'liq juda katta ish ochilgandi. Yakunda esa faqatgina uch nafar hakam jazolangandi. Buyurtmachilar, barcha ishning boshida turgan "katta baliq"lar yana panada qolishgandi. Vaziyatga bevosita yaqin bo'lgan hamkasblarimiz jinoyatlarning ko'lami qanchalik keng ekanligini, bu illat ildiz otib ketganini takidlashgandi. Hamkasbim Faxriddin Ro'ziev ham ushbu masala haqida juda ko'p marta bong urgandi.

Yani O'FAning qo'lida hamma malumotlar, ismlar, aniq dalillar bo'lgan payt ham ular barcha aybdorlarni to'liq va shaffof tarzda jazolay olishmadi. Yopiq qozon yopiqligicha qoldi.

Red Button ilovasi yordamida kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish ajoyib loyiha. Ammo yakuniy masala baribir O'FA va boshqa masul tashkilotlarning siyosiy iroda ko'rsata olishi, barcha aybdorlarga adolatli chora ko'rishiga borib taqaladi. Etiboringiz uchun rahmat.

Jalolxon  Inog'omxo'jaev

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика