So’nggi yangiliklar

01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  0 01:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал" 4:0 (матнли трансляция)  155 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  1 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  18 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

Diyor Imomxo'jaev: "Faqat "Navbahor" 17:00da o'ynamaydi" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Faqat "Navbahor" 17:00da o'ynamaydi"

PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev "Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskisning fikrlariga ikkinchi bor javob berdi.

Musobaqalar o'tkazish reglamentidan ko'chirma:

9.7. Uchrashuvlar quyidagi vaqtlarda start olishi mumkin:
- Superligada soat 18.00 dan erta bo'lmagan vaqt (shanba, yakshanba, bayram kunlari, shuningdek, vaziyatga qarab va O'zPFL qarori bilan ayrim viloyatlardagi o'yinlar bundan mustasno bo'lishi mumkin);
- U-21 chempionatida soat 12.00 dan erta bo'lmagan vaqt (yoz oylarida uchrashuvni soat 17.00 dan erta boshlash taqiqlanadi);
- Barcha qolgan uchrashuvlar vaqti O'zPFL tomonidan belgilangan va teleradiokompaniya bilan kelishilgan vaqtda boshlanadi;
- Uchrashuvni 21.00 dan kech boshlash mumkin emas.

Ayrim viloyatlardagi o'yinlar deganda projektori talabga javob bermaydigan stadionlar nazarda tutilgan. Vaziyatga qarab deganda esa havo harorati, shom kirishi va shunga o'xshash holatlar inobatga olingan. Joriy mavsum 18 uchrashuv 18:00 dan erta boshlangan. Hozircha etiroz faqatgina "Navbahor" ustozi tomonidan bo'ldi.

5.14. Mezbon jamoa musobaqalarning rasmiy kalendar uchrashuvi boshlangunga qadar 20 kundan kech bo'lmagan muddatda O'zPFL mamuriyatiga uchrashuvning boshlanish vaqti borasida taklif berishi zarur. O'zPFL uchrashuv vaqtini teletranslyaciya huquqini qo'lga kiritgan kompaniya bilan kelishib belgilaydi.

Barcha klublarga taqvim bir vaqtda berildi, ammo hech bir klubdan etiroz bo'lmadi, hatto "Navbahor"dan ham. Ammo natija qoniqarli bo'lmaganidan keyin Kanchelskis etiroz bildirdi. Arpa uni bahona degani aslida shu.

Ikki kun avval "Buxoro" va "Qizilqum" klublari ham 17:00 da uchrashuv o'tkazdi. Oldinda yana 6 uchrashuv shu vaqtda o'tishi kerak. "Navbahor"dan boshqa biror klub etiroz qilmadi. O'sha kuni "Navbahor"ning raqibi ham aynan shu vaqtda to'p surdi.

Reglamentning 9.7 bandiga qaytamiz, U-21 uchrashuvlarini yoz oylarida 17:00 dan erta boshlash mumkin emas deyilgan. 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar, yaqin-yaqingacha Oliy liga klublari ham yoz oylarida 16:00 da maydonga chiqqan davrlar bo'lgan, "Navbahor"ning yoshi katta muxlislari buni yaxshi eslashadi. 21 yoshgacha futbolchi avgust oyida 17:00 da o'ynasa, ayol futbolchilar shu vaqtda o'ynasa, millionlab maosh oladigan futbolchi va murabbiylar nega o'ynay olmaydi?

TTYMI stadioni maysasi haqida OAV qolgan mutaxassislardan fikr olsa, to'g'riroq bo'ladi. O'yinlar o'tayotgan 7 stadiondan maysasi nisbatan qoniqarsizi TTYMI emas, futbol ichidagilar buni juda yaxshi biladi.

"Paxtakor" bilan yonma-yon borayotgan AGMK ishtirokidagi uchrashuv ham 17:00 ga qo'yilgan. Ammo Mirjalol Qosimov bir og'iz etiroz qilgani yo'q. Menimcha, hamma meyorni aynan bir klub bilan solishtirish to'g'ri emas. "Navbahor" muxlislaridan bir narsani to'g'ri tushunishlarini so'raymiz, natija qila olmagan birgina murabbiy siz-u bizning o'rtamizga fitna sochmasin, har safar futbolchilar, maydonlar va boshqalarni ayblashdan tiyilsin. Va iloji bo'lsa murabbiylar ishtirokidagi yig'ilishlarda qatnashib, fikrlarini avvaldan bildirsin, g'olib chiqa olmaganidan keyin emas", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.

Reyting: -35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика